Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oshadi
“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi.
2020 yil 1 fevraldan boshlab Oʻzbekiston hududida:
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 soʻm;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 soʻm;
eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 soʻm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 soʻm etib belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan:
14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa, kam taʼminlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari tasdiqlandi.
Bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 soʻm oʻzgarishsiz qoldirildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

