| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes3 daqiqada oʻqiladi548 marta oʻqildi

MChJlarga ham obligatsiya chiqarishga ruxsat berilishi mumkin

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi korporativ obligatsiyalar chiqarishni cheklovchi normalardan voz kechish va maʼsuliyati cheklangan jamiyatlarning obligatsiyalar chiqarishiga ruxsat berish tarafdori. Agentlik tomonidan ushbu masalada tayyorlangan qonun loyihasi hozirda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi.

MChJlarga ham obligatsiya chiqarishga ruxsat berilishi mumkin

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi korporativ obligatsiyalar chiqarishni cheklovchi normalardan voz kechish va maʼsuliyati cheklangan jamiyatlarning obligatsiyalar chiqarishiga ruxsat berish tarafdori. Agentlik tomonidan ushbu masalada tayyorlangan qonun loyihasi hozirda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi.

Hozirgi vaqtda korporativ obligatsiyalarni faqat aksiyadorlik jamiyatlari va tijorat banklari chiqarishi mumkin. Shu bilan birga, obligatsiyalar chiqarish boʻyicha emitentga qoʻyilgan qonuniy talablar uni moliya jalb qilishda hatto koʻpgina aksiyadorlik jamiyatlari uchun ham keraksiz vositaga aylantirib qoʻygan.

Xususan, hozirgi vaqtda, "Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida" gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3, 5 va 6-moddalariga muvofiq, obligatsiyalarni aksiyadorlik jamiyatlari faqat oʻz ustav kapitali hajmi doirasida va uch yillik ijobiy moliyaviy faoliyati va reytingi mavjud boʻlgan taqdirdagina chiqara oladi.

Shuningdek, "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida" gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga koʻra obligatsiyalar umumiy qiymati kompaniyaning ularni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi kapital miqdoridan oshmasligi lozim doirasida obligatsiyalar chiqarilishini cheklashlar belgilangan.

Garchi korporativ obligatsiyalar bank kreditiga nisbatan qoʻlayroq alternativa boʻlishi lozimligiga qaramasdan, bunday tartib ushbu vositaga murojaat qilishi mumkin boʻlgan kompaniyalar sonini sezilarli darajada cheklab qoʻyadi.

Ushbu holat, oʻz navbatida, soʻnggi yillarda muomalada boʻlgan korporativ obligatsiyalar soni va hajmining keskin pasayishiga olib keldi. Xususan, 2010-2018 yillar davomida muomaladagi korporativ obligatsiyalar soni 41 tadan 17 donagacha, ularning umumiy qiymati esa 512 mlrddan 198 mlrd soʻmgacha kamaydi – bu muomalada mavjud aksiyalar umumiy qiymatining atigi 0,002 foizini tashkil etadi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritadigan maʼsuliyati cheklangan jamiyat (MChJ) koʻrinishidagi 148 mingdan ortiq korxona mavjud. Aksariyat aksionerlik jamiyatlariga qaraganda koʻproq investitsiya jalb qilishga qodir ushbu korxonalarning barchasida bank kreditidan boshqa oʻz biznesini moliyalashtirishga alternativa yoʻq. Korporativ obligatsiyalar esa MChJlar uchun xuddi shundan alternativaga aylanishi mumkin.

Shu munosabat bilan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan qonun loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, unda quyidagilar taklif qilinadi:

1. Masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga (MChJ) tashqi auditorlik, moliyaviy hisobot, maʼlumotlarning oshkor etilishi va aksiyadorlik jamiyatlari uchun talab qilinadigan boshqa talablar qoʻyilgan holda obligatsiyalar chiqarishga ruxsat berish.

2. Chiqarilayotgan obligatsiyalar hajmini kompaniyaning ustav kapitali doirasida belgilash, ularni chiqarishda garov talab qilinishi, uch yillik ijobiy moliyaviy hisobot va reytinglarga ega boʻlish talablarini olib tashlash.

2. Talablarning mavjud tendensiyalarga tez moslashishi va oʻlarga oʻz vaqtida oʻzgartirish va toʻldirishlar kiritib borish maqsadida korporativ obligatsiyalar chiqarish shartlarini va talablarni belgilash vakolatini Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga (Kapital bozorini rivojlantirish agentligi) berish.

"Obligatsiyalar bozori biznes uchun moliyalashtirishni jalb qilishda munosib alternativa boʻlishi, aholi va investorlar uchun esa boʻsh mablagʻlarini investitsiya qilishida foydali vosita boʻlishi kerak. Obligatsiyalarni chiqarishda keraksiz cheklovlarning bekor qilinishi biznesni rivojlantirish yoki qayta tashkil etish uchun qoʻshimcha mablagʻga muhtoj koʻplab kompaniyalarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Korporativ obligatsiyalar chiqarish kredit bank resurslarini jalb qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan kompaniyalar uchun yagona alternativa boʻlishi mumkin, masalan, garov taʼminoti yoʻqligi yoki etishmasligi tufayli", - dedi Agentlikning kapital bozorini tahlil qilish va qonunchilikni takomillashtirish boshqarmasi rahbari Tursun Maxkamov.

Shuningdek, ushbu qonun loyihasida xolding kompaniyalarini soliqqa tortish tartibiga qoʻshimchalar kiritish taklif etiladi. Xususan, shoʻʼba korxonalarining dividendlari sifatida olingan mablagʻlarni, shuningdek, xoldinglarning shoʻba korxonalari aksiyalarini (ulushlarini) sotishdan tushgan pul mablagʻlarini Xoldingning umumiy daromadi sifatida koʻrib chiqmaslik taklif etiladi.

Xolding kompaniyalari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish nafaqat milliy xolding kompaniyalariga boʻshatilgan mablagʻlarni ishlab chiqarishning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga yoʻnaltirish, balki oʻz mablagʻlarini respublikamiz hududidan boshqaradigan va boshqaradigan xolding kompaniyalar sonini oshirishga ham yordam beradi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilashga, respublika iqtisodiyotiga aholi va investorlarning boʻsh mablagʻlarining keng va faol jalb qilinishiga xizmat qiladi va shu bilan real sektor korxonalarining davlat kafolati va bank kreditlariga bogʻliqligini kamaytiradi (bank sektoriga yuk kamayadi), shuningdek, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki kamayadi.

Shuningdek, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi Jahon bankining "Biznes yuritish" (Doing Business) hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini oshirishga xizmat qiladi.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ