Markaziy bank Oʻzbekistonning tashqi qarz miqdorini maʼlum qildi
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasining toʻlov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasining toʻlov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
2019 yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi toʻlov balansi koʻrsatkichlarining shakllanishiga tashqi qarzdorliklarning ortishi, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning jalb qilinishi hamda ular boʻyicha «yigʻilib qolgan» majburiyatlarning soʻndirilishi va kelib tushayotgan transchegaraviy pul oʻtkazmalarining oʻsishi kabi omillar oʻz taʼsirini oʻtkazdi.
Yuqorida keltirilgan omillarning taʼsiri ostida toʻlov balansining joriy hisobi 1,4 mlrd. dollarga teng defitsitni koʻrsatdi. Bunda, savdo balansi va xalqaro xizmatlarning manfiy saldosi (6,1 mlrd. doll.) birlamchi va ikkilamchi daromadlarning musbat saldosi (4,7 mlrd. doll.) bilan qisman qoplandi.
Shu bilan birga, moliyaviy hisobning manfiy saldosi rezidentlar moliyaviy majburiyatlarining koʻpayishi (6,1 mlrd. doll.), shuningdek rezidentlar tomonidan moliyaviy aktivlarning sotib olinishi (1,3 mlrd. doll.) natijasida 4,8 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bunda, rezerv aktivlari 662 mln. dollarga koʻpaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining sof investitsion pozitsiyasi joriy yilning 1 oktyabrida 13,7 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bunda, qolgan mamlakatlarga nisbatan davlat boshqaruvi va bank sektorlari «sof kreditorlar», boshqa sektorlar esa «sof qarzdorlar» hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining jami tashqi qarzi joriy yilning 1 oktyabrida 21,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan boʻlib, undan 13,8 mlrd. dollari davlat sektorining qarzlari, 7,7 mlrd. dollari xususiy tashqi qarz hisoblanadi, deyiladi Markaziy bank axborotida.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

