Markaziy bank plastik kartalardagi mablagʻlarni xavfsiz saqlash boʻyicha tavsiya berdi
Savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida toʻlovni amalga oshirish jarayonida begona shaxslarga shaxsiy PIN-kod raqamingizni ham oshkor qilmasligingizni tavsiya etilmoqda.

Karantin paytida bank kartasi orqali toʻlovlarni oʻtkazish yanada ommalashmoqda. Ushbu davrda imkon qadar bank kartasi maʼlumotlarining xavfsizligini saqlashda ogoh boʻlish lozim. Jumladan, kiberjinoyatchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali har xil vajlar bilan karta egalariga SMS-xabarnomalar joʻnatishi mumkin.
"Hurmatli fuqarolar, agar mobil telefoningizga shunday SMS-xabarlar kelib tushsa, ularga aslo javob bermang", deyiladi xabarda.
Savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida toʻlovni amalga oshirish jarayonida begona shaxslarga shaxsiy PIN-kod raqamingizni ham oshkor qilmasligingizni tavsiya etilmoqda. Sababi, PIN-kod – har bir bank kartasi egasining shaxsiy identifikatsiya raqami boʻlib, u karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini boshqarish huquqini hamda mablagʻlarni boshqarishga bank kartasi egasi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlaydi.
Bank karta egasi sotuvchidan terminal uskunasini taqdim etishini talab qilishi va mustaqil ravishda toʻlovni amalga oshirishi lozim.
Hozirgi kunda HUMO bank kartalari NFC texnologiyasiga ega boʻlib, ushbu kartalar orqali 50 ming soʻmgacha (“Makro” va “Korzinka” supermarketlarida 250 ming soʻmgacha) toʻlovni PIN-kodni termagan holda amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Bundan tashqari, xalqaro bank kartalari egalaridan bank kartasi rekvizitlari va CVV (CVC) kodlarini begona shaxslarga oshkor qilmaslik va internet orqali “3D secure” xavfsizlik xizmatini ishlatsa, toʻlovlarni amalga oshirish jarayonida undan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

