Markaziy bank Oʻzbekiston banklarida naqd pullar aylanmasidagi holat va oʻzgarishlar haqida maʼlumot berdi
Koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatimizda eʼlon qilingan karantin natijasida iqtisodiy faollikning sezilarli pasayishi bank kassalariga naqd pul tushumlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Xususan, joriy yil aprel oyida (7,9 trln. soʻm) mart oyiga (13,4 trln. soʻm) nisbatan tushum 41 foizga kamaydi.

2020 yilning oʻtgan davri mobaynida (yanvar-aprel oylari) bank tizimida naqd pullar aylanmasidagi holat va oʻzgarishlar mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, jumladan, joriy yilning dastlabki choragidagi yuqori oʻsish surʼatlari ortidan aprel oyidagi iqtisodiy faollikning sustlashishi taʼsirida shakllandi.
2020 yilning yanvar-aprel oylarida naqd pul aylanmasi hajmi 105,5 trln. soʻmni tashkil etgan holda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 41 foizga oshdi.
Mazkur davrda bank kassalariga naqd pullar tushumi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 39 foizga koʻpayib, 52,1 trln. soʻmni tashkil qildi.

Koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatimizda eʼlon qilingan karantin natijasida iqtisodiy faollikning sezilarli pasayishi bank kassalariga naqd pul tushumlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Xususan, joriy yil aprel oyida (7,9 trln. soʻm) mart oyiga (13,4 trln. soʻm) nisbatan tushum 41 foizga kamaydi.
Naqd pullarning banklarga oqimini sekinlashuviga karantin davrida:
- fuqarolar, yoʻlovchi tashuvchi transport (mahalliy, temir yoʻl va havo transport) vositalarining harakatlanishiga doir cheklovlar;
- korxonalar, xususan, chakana savdo (oziq-ovqat doʻkonlari va dorixonalardan tashqari), nooziq-ovqat bozorlari va pullik xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyatining vaqtinchalik toʻxtatilishi;
soliqlar, kommunal xizmatlar, kredit foizlari va boshqa toʻlovlarning toʻlash muddatlari uzaytirilishi kabi omillarni keltirish mumkin.
Koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatimizda eʼlon qilingan karantin natijasida iqtisodiy faollikning sezilarli pasayishi bank kassalariga naqd pul tushumlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Xususan, joriy yil aprel oyida (7,9 trln. soʻm) mart oyiga (13,4 trln. soʻm) nisbatan tushum 41 foizga kamaydi.

Bank kassalariga kelib tushgan naqd pullar hajmi naqd pulga boʻlgan talab miqdoridan koʻp boʻlganligi sababli 2020 yilning I choragida 209 mlrd. soʻmlik naqd pullar muomaladan qaytgan boʻlsa, aksincha joriy yilning aprel oyidagi holat muomalaga qoʻshimcha 1 472 mlrd. soʻm chiqarishni taqozo etdi.
May oyidan boshlab naqd pul tushumlari qayta tiklana boshladi. Xususan, naqd pul tushumlari joriy yil aprel oyining birinchi 10 kunida 2,4 trln. soʻmni tashkil etgan boʻlsa, may oyining 10 kunida 700 mlrd. soʻmga oshib, 3,1 trln. soʻmga yetdi.
2020 yilning yanvar-aprel oylarida bank kassalari (shu jumladan, bankomatlar) orqali chiqim qilingan naqd pullar 53,4 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 42 foizga koʻpaydi.

Koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatimizda eʼlon qilingan karantin naqd pulga boʻlgan talabga ham taʼsir koʻrsatib, joriy yil aprel oyida banklardan berilgan naqd pullar oldingi oylarga nisbatan sezilarli darajada kamaydi.
Ushbu kamayish asosan karantin davrida faoliyatini toʻxtatgan xoʻjalik subʼyektlarining ish haqi toʻlovlari uchun naqd pulga boʻlgan talabining 1,1 trln. soʻmga, shuningdek, xalqaro pul oʻtkazmalari hajmining kamayishi ortidan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun yoʻnaltiriladigan naqd pullar hajmining 2,0 trln. soʻmga qisqarishi hisobiga yuzaga keldi.

Natijada joriy yil aprel oyida naqd pullarga boʻlgan talab tarkibida pensiya, nafaqa va ijtimoiy toʻlovlar hamda bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining ulushlarda oʻsishi kuzatilib, banklar tomonidan berilgan naqd pullarning 56,3 foizi ushbu maqsadlar uchun yoʻnaltirildi.

2020 yilning yanvar-aprel oylarida bank kartalariga jami 45,8 trln. soʻmlik mablagʻlar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 15,0 trln. soʻmlik mablagʻlar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.

Qayd etish lozimki, karantin davridagi cheklovlar (nooziq-ovqat tovarlar savdosi, turizm, madaniy dam olish, maishiy xizmat koʻrsatish obʼyektlari faoliyati toʻxtatilganligi) sababli aholining bank kartalaridagi mablagʻlari qoldigʻining sezilarli darajada koʻpayishi kuzatildi.
Jumladan, bank kartalaridagi mablagʻlar qoldigʻi 2020 yil 1 may holatiga 6,4 trln. soʻmni tashkil etib, joriy yil 1 mart holatiga nisbatan 32,5 foizga, 1 aprel holatiga nisbatan 16,8 foizga oʻsdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

