| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 003 marta oʻqildi

Markaziy bank ipoteka kreditlarining foizlari boʻyicha taxminiy hisob-kitoblarni maʼlum qildi

Prezidentning 2020 yil 1 maydagi PQ-4701-sonli qarorida belgilanganidek, qishloq hududida kreditga 2 xonali kvartirani 174 mln. soʻmga yoki Toshkent shahridan 2 xonali kvartirani 198 mln. soʻmga sotib olganda, 20 yilda ushbu summani foizi bilan oyma-oy toʻlaganda qanchani tashkil etishi haqida Markaziy bank maʼlumot berdi.

Markaziy bank ipoteka kreditlarining foizlari boʻyicha taxminiy hisob-kitoblarni maʼlum qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4701-sonli qaroriga asosan bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdorlari belgilandi.

Unga koʻra,

- qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln. soʻmdan 240 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 224 mln. soʻmdan 310 mln. soʻmgacha;

- shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln. soʻmdan 240 mln. soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 232 mln. soʻmdan 320 mln. soʻmgacha;

- Toshkent shahrida 2-xonali kvartiralar uchun 198 mln. soʻmdan 264 mln. soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 255 mln. soʻmdan 352 mln. soʻmgacha oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 62-moddasida kreditlar, depozitlar boʻyicha foiz stavkalari, bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi qayd etilgan.

Shundan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarining foizlari boʻyicha taxminiy hisob-kitoblarni shartli ravishda keltirib oʻtamiz:

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ