Markaziy bank asosiy stavkasi 15 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldi
Markaziy bank yil yakuni boʻyicha inflyasiya prognozini 11-12,5 foiz darajasida oʻzgartirishsiz saqlab qoldi va Hukumat bilan birgalikda unga erishish uchun barcha zaruriy choralarni koʻrib boradi.

Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida oʻzgarishsiz saqlab qolganini maʼlum qildi.
«Ushbu qaror iqtisodiyotda bir vaqtning oʻzida inflyasiyani oshiruvchi xatarlar va pasaytiruvchi omillarning mavjudligi sharoitida ijobiy real foiz stavkalarni taʼminlashga qaratilgan pul-kredit siyosati joriy yoʻnalishini saqlab qolish maqsadida qabul qilindi» deyiladi xabarda.
Pandemiya sharoitida byudjet xarajatlarining ortishi va fiskal ragʻbatlantirish iqtisodiy jarayonlar va faollikni qoʻllab-quvvatlashning asosiy omillaridan boʻldi.
Foiz stavkalari karantin davriga qaramasdan I yarim yillik yakunlari boʻyicha ijobiy iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlariga erishish uchun sharoit yaratdi. Joriy yilning iyun-iyul oylarida narxlarning nisbatan sekinroq pasayishi va inflyasiya prognozidan biroz ogʻishi kuzatildi.
Bunda, asosiy stavkani pasaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish masalasi keyingi boshqaruv yigʻilishlariga qoldirildi va inflyasiya pasayish dinamikasining barqaror darajada shakllanishidan kelib chiqiladi.
Markaziy bank yil yakuni boʻyicha inflyasiya prognozini 11-12,5 foiz darajasida oʻzgartirishsiz saqlab qoldi va Hukumat bilan birgalikda unga erishish uchun barcha zaruriy choralarni koʻrib boradi.
Joriy yilning I choragida yillik inflyasiya darajasi maqsadli koʻrsatkichlar trayektoriyasidan pastroq boʻldi.
II chorakdan boshlab inflyasiya darajasi oʻtgan chorakka nisbatan biroz koʻtarildi va iyun oyi yakunlari boʻyicha 14,2 foizni tashkil etdi. Joriy yil ikkinchi choragida narxlarning oʻsishiga oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallariga boʻlgan yuqori talab hamda iyun oyida meva va sabzavotlar narxining mavsumiy pasayishining kutilganidan koʻra sekinroq boʻlishi kabi omillar oshiruvchi bosim koʻrsatdi.
Ikkinchi chorakda bazaviy inflyasiya nisbatan yuqori oʻsish surʼatiga ega boʻldi va iyun oyida yillik 13,8 foizni tashkil etdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

