Markaziy bank “Agrobank” va Xalq bankini jarimaga tortdi
“Agrobank” va Xalq banki tomonidan bir qancha qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilgan. Markaziy bank ushbu qoidabuzarliklarni sanab oʻtdi. Shu sababli ikkala bankka nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qoʻllanilgan.

Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar doirasida joriy yilning birinchi yarim yilligida “Agrobank” va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari isteʼmolchilari huquqlarining buzilish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
Xususan, ushbu banklar tomonidan qonun talablariga rioya qilmagan holda, mijozlarning hisobvaraqlariga mablagʻ kiritib qoʻyganlik uchun komissiya toʻlovlari undirilgan. Omonat shartnomasi shartlariga bank tomonidan bir tomonlama oʻzgartirishlar kiritish huquqi koʻzda tutilgan. Shuningdek, banklarning axborot stendlarida notoʻgʻri va ahamiyatsiz (dolzarb boʻlmagan) maʼlumotlar joylashtirilgan. Kredit shartnomasi shartlariga amal qilmagan holda, kredit toʻlovlari boʻyicha penyalar hisoblangan va boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Shu munosabat bilan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berish bilan bir qatorda ushbu banklarga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qoʻllanildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

