| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi59 marta oʻqildi

Markaziy bank 200 va 500 soʻmlik banknotlarni almashtirish muddati qachongacha ekanligini eslatib oʻtdi

Eski namunadagi 200 soʻm va 500 soʻm qiymatidagi banknotlarni 29 avgustgacha tijorat banklari kassalari orqali almashtirib olish mumkin.

Markaziy bank 200 va 500 soʻmlik banknotlarni almashtirish muddati qachongacha ekanligini eslatib oʻtdi

Maʼlumki, 1997 yil namunasidagi 200 soʻmlik, 1999 yil namunasidagi 500 soʻmlik banknotlar 2020 yil 1 iyuldan qonuniy toʻlov vositasi sifatida oʻz kuchini yoʻqotdi (Adliya vazirligida 2018 yil 19 mayda 3014-son bilan roʻyxatga olingan nizomga asosan).

Respublikamizda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan eʼlon qilingan karantin sharoitida aholi va tadbirkorlik subʼyektlariga qulaylik yaratish maqsadida istisno tariqasida tijorat banklarining barcha boʻlinmalari (jumladan, bank xizmatlari ofislari, mini-banklar kassalari va boshqa bankdan tashqari operatsion kassalar) tomonidan 2020 yil 1 sentyabrga qadar eski namunadagi 200 soʻmlik va 500 soʻmlik banknotlarni qabul qilish hamda muomaladagi banknotlar va tangalarga moneliksiz almashtirib berish yuzasidan xabar berilgan edi.

Shu munosabat bilan, eski namunadagi 200 soʻm va 500 soʻm qiymatidagi banknotlaringiz mavjud boʻlsa, ularni joriy yil 29 avgustga qadar (avgust oyining oxirgi bank ish kuni) tijorat banklarining barcha boʻlimlari kassalarida, 2020 yil 1 sentyabrdan keyin Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlarida belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olishingiz mumkinligini yana bir bor eslatib oʻtamiz.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ