| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi116 marta oʻqildi

18 noyabr kuni oltin quymalar narxi pasaydi

Ogʻirligi 5, 10, 20 va 50 gramm boʻlgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqariladi.

18 noyabr kuni oltin quymalar narxi pasaydi

Maʼlumot uchun, aholining investitsiya va jamgʻarish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar muomalasini rivojlantirish maqsadida joriy yilning 2 noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻlchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi.

Ogʻirligi 5, 10, 20 va 50 gramm boʻlgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadogʻi sertifikat vazifasini bajaradi va oʻz seriya raqamiga ega boʻladi.

  • 5 grammlik oltin narxi - 3 449 000 soʻm;

  • 10 grammlik oltin narxi - 6 648 000 soʻm;

  • 20 grammlik oltin narxi - 13 170 000 soʻm;

  • 50 grammlik oltin narxi 32 27 000 soʻm.

Oʻlchovli oltin quymalarni sotish narxlari kunlik yangilanadi.

Oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi va har kuni Markaziy bankning veb-saytida milliy valyutada eʼlon qilib boriladi.

Maʼlumot uchun: Marja va chegirma miqdorlari oʻlchovli quymalarning muomalaga chiqarilishi va muomalada boʻlishi bilan bogʻliq operatsion xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.

Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida tijorat banki tomonidan yombi egasiga toʻlovni darhol amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.

Qadogʻi buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekpertizadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng toʻlov toʻlab beriladi.

Qadogʻi but holatdagi oltin quymalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

Oltin quymalarning namunalari, narxlari va sotib olish shoxobchalari kabi maʼlumotlar bilan Markaziy bankning veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 18 noyabr kuni oltin quymalar narxi quyidagicha edi:

  • 5 grammlik oltin narxi - 3 471 000 soʻm;

  • 10 grammlik oltin narxi - 6 690 000 soʻm;

  • 20 grammlik oltin narxi - 13 253 000 soʻm;

  • 50 grammlik oltin narxi 32 501 000 soʻm.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ