Markaziy bank 2020 yil uchun inflyasiya prognozini maʼlum qildi
Oʻzbekistonda 2020 yil uchun inflyasiyaning bazaviy prognozi 12 - 13,5 foiz darajasida belgilangan. Bu Markaziy bank maʼlumotida koʻrsatib oʻtilgan.

Oʻzbekistonda 2020 yil uchun inflyasiyaning bazaviy prognozi 12 - 13,5 foiz darajasida belgilangan. Bu Markaziy bank maʼlumotida koʻrsatib oʻtilgan.
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulovning soʻzlariga koʻra, yil davomidagi inflyasiya darajasi 15 foizgacha yetishi ehtimoli ham yoʻq emas.
«Bizda maqsadli va prognoz trayektoriyalar bor. Prognoz trayektoriyamiz biroz yuqoriroq, ayrim ssenariylar boʻyicha 2020 yilda 14-15 foizgacha boryapti. Lekin bizning maqsadimiz – bu yil inflyasiyani 12 foizdan past darajada ushlab turish, 2021 yilda esa bir xonali songa olib tushish, 2023 yilga borib esa 5 foizlik targetga erishish.
Bu maqsadli rejalar qandaydir tashqi shok holatlari roʻy bermasligi ehtimolidan kelib chiqib belgilangan. Qandaydir oʻzgarish boʻlsa ham, bu qisqa muddatli ogʻish hisoblanadi va biz yana maqsadli trayektoriyaga qaytishga harakat qilamiz», – dedi Norqulov «Oʻzbekiston 2020» dasturidagi chiqishi vaqtida.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

