| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi442 marta oʻqildi

Mahalliy kengashlar ayrim soliqlarni toʻlash muddatini uzaytiradi

Hukumat qarori (951-son, 25.11.2019 y.) bilan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mahalliy kengashlar ayrim soliqlarni toʻlash muddatini uzaytiradi

Hukumat qarori (951-son, 25.11.2019 y.) bilan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi, yagona yer soligʻini toʻlash muddati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan moliyaviy holati soliq qarzdorligini belgilangan muddatda toʻlashga imkon bermaydigan yuridik shaxslar uchun uzaytiriladi.

Bunda quyidagi asoslardan biri mavjud boʻlishi kerak:

  • agar soliqlar, penyalar va jarimalar boʻyicha qarzdorlikning bir martalik toʻlovi soliq toʻlovchini bankrotlikka olib kelsa;

  • soliq toʻlovchining ishlab chiqarish va (yoki) tovarlar va xizmatlar realizatsiyasi mavsumiy xususiyatga ega boʻlsa;

  • soliq toʻlovchiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki yengib boʻlmaydigan kuchlarning boshqa holatlari natijasida zarar yetkazilgan taqdirda.

Soliq toʻlashning muddati 1 oydan 24 oygacha:

  • soliq qarzdorligining butun summasiga yoki uning bir qismiga yoki kelgusida yuzaga keladigan soliq qarzdorligiga nisbatan;

  • mazkur Nizomda nazarda tutilgan bir soliq yoki soliqlarning bir necha turi boʻyicha uzaytirilishi mumkin.

Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarining tegishli qarorlari asosida amalga oshiriladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ