"Loyihalar fabrikasi"ni rivojlantirish uchun "Dubai future foundation" koʻmak beradi
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqarish markazi va "Dubai Future Foundation" toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi. Shuningdek, markaz qoshida faoliyat yuritayotgan "Loyihalar fabrikasi" samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv dasturi tashkil etiladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Sh.Vafayev, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqarish markazi direktori X.Teshabayev, BAA hukumat va kelajak ishlari boʻyicha vazirligining liderlik va davlat imkoniyatlari Kotibiyati direktori oʻrinbosari Yasira Al Nakbi hamda "Dubai Future Foundation" (BAA) bosh direktori Xalfan Belhoul ishtirokida videokonferensiya boʻlib oʻtdi.
Amirlik tomoni biznes-inkubatorlarni yaratish boʻyicha oʻz tajribasini almashdi
Videokonferensiya davomida Amirlik tomoni "Dubai Future Foundation" innovatsion, talabga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi faoliyati va imkoniyatlari haqida maʼlumotlar taqdim etdi, shuningdek, biznes-inkubatorlarni yaratish boʻyicha oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.
Yangi yirik investitsiya loyihalari ishlab chiqiladi
Muzokaralar yakuni boʻyicha Markaz va "Dubai Future Foundation" oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Markaz salohiyatini oshirish va Markaz qoshida faoliyat yuritayotgan "Loyihalar fabrikasi" samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv dasturini tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Uning asosiy vazifasi yangi yirik investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hisoblanadi.
Maʼlumot uchun: "Dubai Future Foundation" (DFF) 2016 yilda BAA vitse-Prezidenti va bosh vaziri Sheyx Muxammad bin Rashid Al Maktum tomonidan tashkil etilgan. DFF BAA kelajagini rejalashtirish va shakllantirishda asosiy rol oʻynaydi. DFF Dubayni kelajakning yetakchi shahriga aylantirishga intiladi. DFF eng yetuk ziyolilar va koʻplab istiqbolli kashfiyotchilar uchun global yoʻnalish sifatida Dubayning pozitsiyasini mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, startaplarni qoʻllab-quvvatlab, butun dunyo boʻylab innovatsion loyihalarni aniqlash boʻyicha faoliyat yuritadi.
Bugungi kunda DFF Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan ixtisoslashtirilgan onlayn portal orqali keng aholi uchun bepul masofaviy taʼlim beruvchi "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida hamkorlik qilmoqda. Keng qamrovli loyihani amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilning mart oyida BAAga tashrifi chogʻida erishildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

