“Kumushkon” turizm qishlogʻi tashkil etiladi
“2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

“2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisida” Hukumat qarori (1053-son, 31.12.2019 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron, Parkent, Boʻka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahri “Oltin halqa” turizm konsepsiyasi asosida rivojlantiriladi.
Shuningdek, Parkent tumanining “Kumushkon” MFY hududida “Kumushkon” turizm qishlogʻi tashkil etiladi.
Shunga koʻra, qaror bilan “Oltin halqa” turizm konsepsiyasi hamda “Kumushkon” turizm qishlogʻini tashkil etish chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
“Oltin halqa” turizm konsepsiyasining asosiy vazifalaridan biri hududdagi turistik maskanlarda qulay shart-sharoitlar yaratish orqali aholi va tadbirkorlarning daromadini oshirishdan iborat.
Qaror bilan Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi. Unga koʻra 45 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, 1523 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

