| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi739 marta oʻqildi

Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida 18 ta davlat maqsadli jamgʻarmalari mavjud

Ularning toʻliq roʻyxati Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan.

Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida 18 ta davlat maqsadli jamgʻarmalari mavjud

Ularning toʻliq roʻyxati Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan.

Eslatib oʻtamiz, mamlakatimizning konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari kiradi. Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxati Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.

Tasdiqlangan roʻyxatda:

  • Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi;

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarma;

  • Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi;

  • Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi;

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi;

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi;

  • Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi;

  • Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;

  • Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi;

  • Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;

  • Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi;

  • Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi;

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi;

  • Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;

  • Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi;

  • Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi;

  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi;

  • “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat maqsadli jamgʻarmalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari gʻaznachilik ijrosi bilan toʻliq qamrab olinadi. Moliya vazirligiga bir oy muddatda davlat maqsadli jamgʻarmalarining hisobot shakllarini xalqaro moliya institutlarining talablariga muvofiq keltirish topshirildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ