Joriy haftada barcha valyuta kurslari, jumladan AQSh dollari ham oshdi
Markaziy bank 10 noyabrdan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy hafta barcha valyuta kurslarida koʻtarilish kuzatildi.

Markaziy bank bergan xabarga koʻra, 10 noyabrdan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 12,02 soʻmga koʻtarilib, 10 378,88 soʻmni tashkil qildi. Yevro 247,53 soʻmga koʻtarilib, 12 321,81 soʻm boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, 3 noyabrdan bugungacha, 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 6,98 soʻmga koʻtarilib, 10 366,86 soʻmni tashkil qilgan, yevro 211,50 soʻmga pastlab, 12 074,28 soʻm boʻlgan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

