Jizzax viloyatidagi agroklaster qanday qilib Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini qoʻllab-quvvatlamoqda?
Jizzax viloyatida pandemiya sharoitida ayniqsa, muhim boʻlgan cheklovlarni inobatga olgan holda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va saqlash ishlari davom etmoqda. Buning uchun nemis qishloq xoʻjalik texnikasi import qilinmoqda, sugʻoriladigan yerlar maydonlari kengaytirilmoqda va mahalliy mollar zotdorligini oshirish boʻyicha tajribalar oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston mart oyi oʻrtalarida barcha yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro yoʻlovchi tashishni vaqtincha toʻxtatdi. Butun dunyo: AQSh, Yevropa Ittifoqi va MDH mamlakatlari boʻylab chegaralar yopilmoqda. Taqiqlar vahimali kayfiyatlarga olib kelmoqda. Aholi agar yuk tashishlar ham taqiqlanadigan boʻlsa, oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch kelishdan xavfsiramoqda.

Pandemiya sharoitlarida mamlakatning ichki resurslari muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish uchun 2019 yilda Jizzax viloyatida Jizzax organic agrosanoat klasteri tashkil etildi. U goʻsht va sut mahsulotlari, oʻsimlikshunoslik va zotdor chorvachilik bilan shugʻullanadi. Jizzax qishloq xoʻjaligi klasteriga umumiy investitsiyalar summasi 150 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
«Klaster hududida ekish ishlari davom etmoqda va yerlarni sugʻorish tizimi tiklanmoqda. Ekish aylanmasiga 1,5 ming gektar yerni qaytardik, yana 2,4 ming gektarga teng yerlar ozuqa ekinlari uchun qayta tiklanadi. Buning uchun kompaniya 8 mln. AQSh dollariga teng nemis qishloq xoʻjalik texnikasini import qildi va uni ekish ishlari yakuniga qadar yetkazib berish uchun yana 1,7 mln. AQSh dollarli shartnoma tuzdi. Ona mollar podasini boʻrdoqiga boqish davom etmoqda, hayvonlar Daniya, Chexiya va Germaniyadan olib kelingan. Sentyabrda yana 5000ta qoramol AQSh, Yevropa va Rossiyadan keltirilishi kutilmoqda. Oxirgi uch oyda biz 63 ta buzoqchaning tugʻilishiga erishdik, aprel-may oylarida esa 270ta yangi buzoqchaning dunyoga kelishi kutilmoqda. Bu harakatlar oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, bu hozirgi yuzaga kelgan vaziyatda ayniqsa muhimdir», — deya, korxonada olib borilayotgan ishlarga Jizzax organic direktori Xikmatilla Karimov izoh berdi.

Shavkat Mirziyoyev inqirozga qarshi choralarni eʼlon qildi
Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2019 yilda 2,47 mln. tonna goʻsht (2018 yilga nisbatan +1,4%) va 10,7 mln. tonna sut (2018 yilga nisbatan +2,3%) ishlab chiqarildi. Shu bilan birga mahalliy kompaniyalar hozircha bozor ehtiyojlarini butunlay qoplamaydi. Goʻsht va oziq-ovqat, sut mahsulotlari importi hajmi 2019 yilda oʻtgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 2,1 martaga oʻsdi va 39,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
2019 yilda tashkil etilgan Jizzax organic yiliga 1500 tonna premial marmar mol goʻshti va yiliga 24000 tonna sut ishlab chiqarish, shuningdek, sifatli genofondga ega mollarni koʻpaytirish va mahalliy fermerlarga sotish yoʻli bilan mamlakatimiz chorvachilik xavfsizligini taʼminlash qobiliyatiga ega.
Oʻzbekiston xorijdan mahsulot yetkazib berilishiga qaram boʻlib qolmasligi uchun Jizzax qishloq xoʻjalik klasteri ozuqa ekinlari urugʻini yaratish ustida ishlamoqda. Kompaniya, shuningdek, aprel oyida vatanimiz chorva mollari zotdorligini oshirish uchun yuzta mahalliy sigirni embrional urugʻlantirish boʻyicha tajriba oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Inqirozga qarshi jamgʻarma tuzildi
Maʼlumot uchun, «Jizzax Organic» XK MChJ Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 iyuldagi 619-son Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan. Korxonaning ishi Oʻzbekistonning agrosanoat sektorini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. «Jizzax Organic» XK MChJ chorvachilik, oʻsimlikshunoslik va seleksiya-genetika ishlari bilan shugʻullanadi. Jizzax qishloq xoʻjaligi klasteriga investitsiyalar summasi 150 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

