| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi209 marta oʻqildi

Jismoniy shaxslarga davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish imkoni beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari va rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarga davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish imkoniyati berilishi kutilmoqda.

Jismoniy shaxslarga davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish imkoni beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari va rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarga davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish imkoniyati berilishi kutilmoqda.

Kapital bozorini rivojlantirishning besh yillik strategiyasi loyihasiga koʻra, 2020 yilning oxirgi choragiga qadar ushbu yoʻnalishda tegishli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, hujjatga asosan iqtisodiyot uchun bazaviy stavkalarni belgilovchi davlat qimmatli qogʻozlari uchun daromad egri chizigʻini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Islom taraqqiyot bankining texnik koʻmagini jalb qilgan holda «Sukuk» obligatsiyalari ham joriy etiladi.

2020 yilda esa, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondida ishtirok etish boʻyicha cheklovlarni bekor qilish orqali tijorat banklarini kapital bozoriga keng jalb etish choralari koʻrilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, 2020 yilda Milliy xolding kompaniyasi tashkil etilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi kompaniyaning ustav kapitali davlat ulushi yuqori boʻlgan kamida 10ta investitsiya-jozibador korxonalar ulushlarini berish orqali shakillantirilishi nazarda tutilgan.

Milliy xolding kompaniyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻladi:
– korporativ boshqaruvni xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirish;
– xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning rentabelligini oshirish;
– mahalliy va xorijiy fond birjalarida oʻz aksiyalarini joylashtirish;
– kasaba uyushmalari qoʻmitalari bilan hamkorlikda mazkur korxonalar maqsadlariga erishishdan manfaatdorlikni oshirish maqsadida ushbu kompaniyalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish.

Strategiya loyihasida 2021 yili lotereya, yutuqli oʻyinlar va aksiyalarni tashkil etish va oʻtkazish jarayonini tartibga soluvchi «Lotereya toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ham ishlab chiqilishi koʻzda tutilgan. Loyihada faqatgina davlat lotereya tashkilotchisi boʻlishi mumkinligi belgilanishi mumkin.

2021 yilda, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar va notijorat tashkilotlarining barcha huquqiy shakllarini yaratish va ularning faoliyatini tartibga soluvchi «Kompaniyalar toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ham ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Strategiya loyihasi faqat rus tilida jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan. Hujjatning oʻzbek tilidagi talqini bilan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi rasmiy saytida tanishish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ