| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Jismoniy shaxslar tomonidan banklardan 3,3 mlrd. dollar sotib olingan

Joriy yilda jismoniy shaxslar tomonidan 3,7 mlrd. AQSh dollari banklarga sotilgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan banklardan 3,3 mlrd. dollar sotib olingan

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 25 foizga yoki 744 mln. dollarga oshdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Jismoniy shaxslar tomonidan banklarda sotib olingan valyuta hajmi esa 3,3 mlrd. dollarga teng boʻlib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida – 1,2 mlrd. doll.).

Bunda ushbu mablagʻlarning 79 foizi aholi tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd koʻrinishda hamda 21 foizi yoki 687 mln. doll. muqobil tartibda (onlayn konversiya, avtomatlashtirilgan ayirboshlash bankomatlari va hokazo) xarid qilingan.

Natijada ushbu operatsiyalar boʻyicha ijobiy saldo (sof taklif) 350 mln. dollarga yetdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ