| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi86 marta oʻqildi

Jahon banki Oʻzbekistonga qiymati 1,5 mlrd dollar boʻlgan 9 ta yangi loyiha ishlab chiqmoqda

Jahon banki hududlarni rivojlantirishda Oʻzbekistonga yanada yordam koʻrsatishga tayyorligi bildirmoqda.

Jahon banki Oʻzbekistonga qiymati 1,5 mlrd dollar boʻlgan 9 ta yangi loyiha ishlab chiqmoqda

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Anna Berde oʻrtasida 23 iyul kuni videokonferensiya shaklida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Muzokarada bank rahbariyatiga joriy epidemiologik vaziyatda alohida ahamiyatga ega boʻlgan va Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan loyihalarning tezkor koʻrib chiqilganligi uchun minnatdorchilik bildirildi. 2020 yil boshidan beri Jahon banki tomonidan umumiy qiymati 1 milliard dollardan koʻproq boʻlgan 4 ta shunday loyiha moliyalashtirilishi maʼqullangan.

Birinchi yarim yil yakuniga koʻra oʻzlashtirilgan Jahon bankining qarz mablagʻlari hajmi 310 million dollarni tashkil etdi va oʻzlashtirish koeffitsiyenti mintaqada eng yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻldi.

Hozirgi kunda telekommunikatsiya texnologiyalari, energetika, fanni tijoratlashtirish, shaharsozlik, oʻrmon xoʻjaligi sohalari, shuningdek, statistik maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlash hamda soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha umumiy qiymati 1,5 milliard dollarga teng boʻlgan 9 ta yangi loyiha ishlab chiqilayotganligi maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, bank mutaxassislari Oʻzbekistonda tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining «Yoʻl xaritasi»ni, aviatsiya va energetika sektorlarini isloh qilish dasturini, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasini, oliy taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi, Soliq kodeksining yangi tahririni, Bank tizimini isloh qilish strategiyasini ishlab chiqishda yaqindan koʻmaklashdi.

Davlat korxonalari, bank sektori va aviatsiya sanoatini hamda Oʻzbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqlarini isloh qilish boʻyicha birgalikdagi ishlar doirasida kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Jahon banki hududlarni rivojlantirishda Oʻzbekistonga yanada yordam koʻrsatishga tayyorligi bildirdi va viloyatlarda mavjud manbalar hamda qiyosiy afzalliklardan kelib chiqqan holda respublikaning har bir hududi uchun universal dasturlarni ishlab chiqish vazifalari kelishib olindi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ