Jahon banki: Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulot oʻsishda davom etadigan mintaqadagi yagona davlat
Oʻzbekiston Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 24 ta mamlakat ichida iqtisodiyoti oʻsishda davom etayotgan yagona davlat. Retsessiya deyarli qolgan barcha davlatlarga taʼsir qiladi. Mintaqa iqtisodiyoti 4,7 foizga pasayishi kutilmoqda.

Jahon banki jahon iqtisodiyoti boʻyicha yangi prognozlarini eʼlon qildi. Unga koʻra, dunyo iqtisodiyoti 2020 yilda rekord darajada — 5,2 foizga pasayadi. Prognozlarga koʻra, Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti joriy yilda 1,5 foiz, 2021 yilda esa 6,6 foizga oʻsadi.
COVID-19 pandemiyasi xom ashyo mahsulotlari narxining tushib ketishi, global va mintaqaviy qiymat zanjirida uzilishlar paydo boʻlishiga olib kelgani Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Mintaqa mamlakatlarida koronavirus tarqalishining kengayishi ichki talabning qisqarishini kuchaytirdi, taʼminotdagi uzilishlarni chuqurlashtirdi va iqtisodiy faoliyatning katta qismi toʻxtashiga olib keldi.
Valyutalarning nisbiy zaifligi qarz xarajatlari oshishiga va eksportning keskin pasayishi toʻlovlar balansidagi zoʻriqish kuchayishiga olib keldi.
Ushbu inqirozga javoban, mintaqadagi koʻplab mamlakatlarning markaziy banklari pul-kredit tizimini qoʻllab-quvvatlamoqda, hukumatlar oʻz mamlakatlarining valyutalarini barqarorlashtirish va oʻzgaruvchanlikni kamaytirish maqsadida valyuta bozorlariga kirib bormoqda.
Garchi koʻp mamlakatlarda moliyaviy imkoniyatlar cheklangan boʻlsa-da, boshqaruv organlari mavjud zaxiralardan foydalanmoqda yoki sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy bozordagi tanazzullarni bartaraf qilish uchun sarf-xarajatlarni ustuvor oʻringa qoʻymoqda. Qator davlatlar moliyaviy qoʻllab-quvvatlov choralari toʻgʻrisida eʼlon qildi, ammo sogʻliqni saqlash tizimining imkoniyatlari cheklanganligi sababli koʻplab mamlakatlarning iqtisodiyoti pandemiyaga yaxshi tayyorlanmaganligi maʼlum boʻldi.
Mintaqa iqtisodiyoti 4,7 foizga pasayishi kutilmoqda, retsessiya deyarli barcha mamlakatlarga taʼsir qiladi. Ushbu prognoz yilning ikkinchi yarmi boshida hukumatlar tomonidan joriy etilgan cheklov choralarini bosqichma-bosqich bekor qilishiga asoslangan. Pandemiya taʼsirini bosqichma-bosqich yumshatish va savdo va investitsiyalarni tiklashni oʻz ichiga olgan ssenariyga koʻra, Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2021 yilda tiklanib, 3,6 foiz oʻsish kutilmoqda.
Mintaqa iqtisodiyoti savdo va moliyaviy oqimlar, jumladan pul oʻtkazmalari uchun ochiqligi bilan ajralib turadi va shu bois global inqirozlarning nojoʻya taʼsiri oldida himoyasizdir. Bundan tashqari, mintaqaning energiya manbalarini eksport qiluvchi mamlakatlar, shuningdek, Rossiya, Qozogʻiston va Ozarbayjon iqtisodiyotiga neft narxlarining past darajada saqlanib turishi taʼsir qilishi kutilmoqda.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida xususiy isteʼmol va sarmoyalar toʻxtaydi, natijada Markaziy Osiyoda iqtisodiy faollik 2020 yilda 1,7 foizga pasayishi kutilmoqda.
Yevro hududi yoki Rossiya bilan savdo va moliyaviy aloqalar, jumladan pul oʻtkazmalari orqali chambarchas bogʻliq mamlakatlar bundan eng koʻp jabrlanadi.
Mintaqa mamlakatlarida infeksiyaning kelgusida ham tarqalishi va bu borada cheklovchi choralarning qabul qilinishi isteʼmol va investitsiyalarga yanada katta yukni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, pul oʻtkazmalarining keskin qisqarishi mintaqa iqtisodiyoti pasayishini kuchaytirishi mumkin. Uzoq davom etadigan turgʻunlik mintaqadagi moliyaviy sektorga salbiy taʼsir koʻrsatishi va moliyaviy beqarorlik xavfini oshirishi mumkin.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

