| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi864 marta oʻqildi

Iyul oyidan Volkswagen avtomobillari Oʻzbekiston bozorida ham sotiladi

«Jizzax Avtomobil Zavodi» MChJ kompaniyasi bazasida zavodning qurilish ishlari yakunlanyapti.

Iyul oyidan Volkswagen avtomobillari Oʻzbekiston bozorida ham sotiladi

2020 yilning mart oyida «Oʻzavtosanoat» AJ va «Folksvagen Grup Rus» konserni oʻrtasida «Jizzax Avtomobil Zavodi» MChJ kompaniyasi bazasida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida Kelishuv imzolangan edi.

«Oʻzavtosanoat» matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, bugungi kunda 45 gektar maydonda joylashgan zavodning qurilish ishlari yakuniy bosqichida turibdi. Zavod va ofisning asosiy qismi binolari bitkazildi va foydalanish uchun tayyor.

Volkswagen Caddy rusumli avtomobillar savdosi shu yilning iyul oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ