ITSV Fargʻonada yetishtirilgan pomidor va qalampirning Rossiyaga olib kirilishi taʼqiqlanishi yuzasidan izoh berdi
Fargʻona viloyatidan pomidorlarning alohida partiyasida pomidor mevasining jigarrang tirishiqi virusi aniqlanganligi sababli cheklovlar joriy etilgan. Shu bilan birga, ToBRFV oʻsimliklar virusining yangi shtammi boʻlgani uchun Oʻzbekiston hududida ilgari aniqlanmagan. YeOII mamlakatlarida ham ushbu virusga nisbatan taqiq mavjud emas.

Rossiya Federatsiyasi veterinariya va fitosanitariya nazorati Federal xizmati (Rosselxoznadzor) tomonidan Fargʻona viloyatidan pomidor va qalampir importiga taqiq joriy etilgani haqida ommaviy axborot vositalarida maʼlumotlar eʼlon qilingani munosabati bilan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi izoh berdi.

Fargʻonada yetishtirilgan pomidor va qalampirning Rossiyaga olib kirilishi taʼqiqlandi
Hozirgi vaqtda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan birgalikda Rosselxoznadzor bilan mazkur masala boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazilmoqda.
Rossiya tomoniga koʻra, Fargʻona viloyatidan pomidorlarning alohida partiyasida pomidor mevasining jigarrang tirishiqi virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV) aniqlanganligi sababli cheklovlar joriy etilgan.
Shu bilan birga, ToBRFV oʻsimliklar virusining yangi shtammi boʻlgani uchun Oʻzbekiston hududida ilgari aniqlanmagan. YeOII mamlakatlarida ham ushbu virusga nisbatan taqiq mavjud emas – Yevrosiyo Iqtisodiy komissiyasi Kengashining 2016 yil 30 noyabrdagi №158-sonli Qarori bilan tasdiqlangan karantin obʼyektlarining yagona roʻyxatiga ToBRFV kiritilmagan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda shu kabi viruslar paydo boʻlishining oldini olish boʻyicha tezkor ravishda chora-tadbirlar Kompleksi ishlab chiqilmoqda.
Shuni ham taʼkidlash kerakki, Rosselxoznadzor tomonidan joriy etilgan taqiqlar Oʻzbekistonning barcha ishlab chiqaruvchilariga nisbatan qoʻllanilmaydi va faqat Fargʻona viloyatidan keltirilgan mahsulotlarga tegishlidir.
Rossiya tomoni bilan maslahatlashuvlar davom etmoqda. Taqiqlarni yaqin vaqtlarda bekor qilish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

