"Qishloq qurilish bank" Buxoro viloyatiga press-tur uyushtirdi
Aksiyadorlik-tijorat "Qishloq qurilish bank" oʻz faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, aholiga kengroq maʼlumot yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan tizimli hamkorlikni amalga oshirmoqda. Yaqinda bank tomonidan jurnalistlar uchun Buxoro viloyatiga press-tur tashkil qilindi. Unda respublikamizdagi eng yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Aksiyadorlik-tijorat "Qishloq qurilish bank" oʻz faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, aholiga kengroq maʼlumot yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan tizimli hamkorlikni amalga oshirmoqda. Yaqinda bank tomonidan jurnalistlar uchun Buxoro viloyatiga press-tur tashkil qilindi. Unda respublikamizdagi eng yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Viloyatda ayni vaqtda "Qishloq qurilish bank"ning Buxoro mintaqaviy filiali, Kogon va Galaosiyo filiallari, Kogon, Qorakoʻl, Jondor, Shofirkon, Gʻijduvon minibanklari faoliyat koʻrsatmoqda. Ular orqali 74214 nafar mijozga xizmatlar koʻrsatilmoqda. Jurnalistlar uchun Buxoro mintaqaviy filialida tashkil qilingan taqdimot tadbirida bank tuzilmalari erishayotgan iqtisodiy koʻrsatkichlar haqida maʼlumot berildi. Unda xizmatlar koʻlami va bank mijozlari soni muttasil kengayib borayotgani qayd etildi. Press-tur ishtirokchilari Buxoro viloyatida bank moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar bilan tanishdilar. Xususan, "Qorovulbozor nur obod" MChJ tomonidan Qorovulbozor tumanida 9 gektar hududda barpo etilgan zamonaviy issiqxonaga, "Kogon mehnat rohat" XK tomonidan qurilgan istirohat bogʻi va koʻngilochar-hordiq chiqarish majmuasiga, "Burda Lyuks Tekstil" XKning tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga, "City Med Buxoro" MChJ tashkil qilgan tibbiy-diagnostika va davolash markaziga, "Vuxoro Komfort Plast" MChJda plastik quvurlar va plastik fitinglar ishlab chiqarish sexiga, "Panorama" mehmonxonasiga safarlar uyushtirildi. "Qishloq qurilish bank" moliyaviy koʻmagida tatbiq etilayotgan biznes loyihalar jurnalistlarda katta qiziqish uygʻotdi. Loyiha tashabbuskori boʻlgan tadbirkorlar bank sarmoyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, zamonaviy texnologiya va uskunalar sotib olish, eksportbop va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va yangi ish oʻrinlari yaratilishida muhim oʻrin tutganligini bildirdilar. Press-tur doirasida bankning Galaosiyo filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi. Jurnalistlar filialda mijozlar uchun yaratilgan sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdilar va mijozlar bilan suhbatlashdilar. Bunday press-turlar respublikaning boshqa hududlariga ham uyushtirilishi rejalashtirilgan. Bank axborot xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

