Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda trening oʻtkazdi
Vazirlik va idoralar mutaxassislarining qonun hujjatlarini tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha malakasi oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda “Milliy dastur va huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish koʻrsatkichlarini ishlab chiqish usullari” mavzusida seminar-trening oʻtkazdi.

2020 yil 13-14-fevral kunlari BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan “Milliy dastur va huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish koʻrsatkichlarini ishlab chiqish usullari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Seminar-treningda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, BMT Taraqqiyot Dasturi, Buyuk Britaniya elchixonasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi masʼul xodimlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Treningda vazirlik va idoralar mutaxassislarining malakasini oshirilmoqda
Seminar-treningning maqsadi vazirlik va idoralar mutaxassislarining milliy dasturlarni amalga oshirishda muvaffaqiyat koʻrsatkichlari ishlab chiqish usullarini qoʻllash va qonun hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha malakasini oshirishdan iborat.
Buning uchun tajribali xalqaro ekspertlar murabbiy sifatida jalb etildi.

Ushbu anjuman norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, xorijiy davlatlarning ishlab chiqish, qabul qilish boʻyicha tajribasini oʻrganish masalalariga bagʻishlangan bir qator tadbirlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Mazkur tadbir mavzusining ahamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida belgilangan vazifalar bilan chambarchas bogʻliq.
2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri sifatida qabul qilinayotgan qonunlarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, sud-huquq islohotlari jarayoniga taʼsirini kuchaytirishga qaratilgan qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish belgilangan.
Birinchi kunda namunaviy xatolar va ularni bartaraf etish usullari muhokama qilindi
Seminar-treningning birinchi kunida davlat sektorida natijalarni strategik rejalashtirish va boshqarish, tarmoqlar/hududlarni rivojlantirish dasturlari koʻrsatkichlarini shakllantirish, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi tartibga solish taʼsirini baholashni qoʻllash boʻyicha tajribalar, shuningdek, tartibga solish taʼsirini baholashda namunaviy xatolar va ularni bartaraf etish usullari muhokama qilindi.
Anjumanning ikkinchi kunida foyda va xarajatlarni tahlil qilish usullarini muhokama qilinadi
Anjumanning ikkinchi kuni ishtirokchilar ijtimoiy sohada tartibga solish taʼsirini baholash va haqiqiy taʼsirni baholash (OFV) doirasida foyda va xarajatlarni tahlil qilish usullarini muhokama qilishadi. Trening davomida ishtirokchilar “Ayrim daraxt turlarini kesishni cheklashning maqsadga muvofiqligi” mavzusidagi keys misolida ushbu ishning ijobiy va salbiy tomonlarini batafsil oʻrganishadi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tartibga solish taʼsirini baholash va haqiqiy taʼsirni baholashda keng jamoatchilikni jalb qilish boʻyicha referent guruhlar bilan samarali muloqotni tashkil etish usullari boʻyicha koʻnikmalarini ham kengaytirishadi.
Seminar-treningning nazariy qismi amaliy guruh mashgʻulotlari bilan toʻldirildi.
Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qiluvchi omillar muhokama qilindi
Anjumanda biznes va hokimiyat oʻrtasida konstruktiv muloqotni yoʻlga qoʻyish orqali tartibga solish taʼsirini baholash tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qiluvchi maʼmuriy toʻsiqlarni, samarasiz tartibga solishni bartaraf etish imkonini berishi ishtirokchilar tomondan taʼkidlandi.
Seminar-trening yakunida qonun hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

