| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi78 marta oʻqildi

Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining xarajatlari qayerga va qanday sarf qilinyapti?

Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi xarajatlarni qayerga sarf qilinayotgani haqidagi maʼlumotni 27 may kuni yangiladi.

Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining xarajatlari qayerga va qanday sarf qilinyapti?

Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining jami daromadlar hajmi 7,44 trln soʻm. Shundan 7,32 trln soʻm Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari boʻlsa, 123,5 mlrd soʻm Davlat byudjeti hisobidan ajratilgan.

Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining jami xarajatlari 3 306 mlrd soʻm. Ushbu mablagʻlardan Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga 573 mlrd soʻm ajratilgan:

  • 270 mlrd soʻm test sistemalar, reaktivlar va himoya vositalarini sotib olish uchun;

  • 11 mlrd soʻm maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish uchun;

  • 3 mlrd soʻm karantinga olingan fuqarolarni dori-darmon bilan taʼminlash uchun;

  • 12 mlrd soʻm karantin tadbirlariga jalb etilgan, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolayotgan tibbiyot va boshqa xodimlarga maxsus qoʻshimcha ustama va ragʻbatlantirish toʻlovlari uchun yoʻnaltirilgan.

Shuningdek, 277 mlrd soʻm hududiy markazlarga:

  • 250 mlrd soʻm fuqarolarni karantinda saqlayotgan muassasalar xodimlarining ish haqi, oziq-ovqat, gigiyena tovarlari va boshqa xarajatlarga, shu jumladan, 129 mlrd soʻm hududlardan ushbu tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot xodimlarining maxsus qoʻshimcha ustama va ragʻbatlantirish toʻlovlari uchun;

  • 18 mlrd soʻm jamoat joylarining dezinfeksiya qilish xarajatlari uchun;

  • 9 mlrd soʻm epidemik holat bilan kurashish boʻyicha va boshqa tadbirlar uchun yoʻnaltirilgan.

Ijtimoiy sohaga 294 mlrd soʻm ajratilgan. Ulardan:

  • 60 mlrd soʻm Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash uchun;

  • 70 mlrd soʻm ijtimoiy nafaqalar uchun;

  • 100 mlrd soʻm Jamoat ishlari jamgʻarmasiga band boʻlmagan fuqarolarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish uchun;

  • 50 mlrd soʻm Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ishsiz, kam taʼminlangan oilalarga shaxsiy tomorqalarini rivojlantirish uchun;

  • 11 mlrd soʻm “Toshkent metropoliteni“ va “Toshshahartransxizmat“ xodimlariga ish haqi va toʻlovlar uchun;

  • 2 mlrd soʻm “Oʻzavtotransserviz“ va “Toshshahartransxizmat“ transport xarajatlarini qoplash uchun;

  • 1 mlrd soʻm Mudofaa vazirligiga gumanitar yordam bilan bogʻliq xarajatlar olib kelish uchun yoʻnaltirilgan.

Iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashga 1,4 trln soʻm ajratilgan boʻlib, ular quyidagicha yoʻnaltirilgan:

  • 500 mlrd soʻm “Issiqlik elektr stansiyalari“ AJ korxonalariga subsidiya mablagʻlari;

  • 401 mlrd soʻm “Oʻzbekneftgaz“ AJga subsidiya mablagʻlari;

  • 101 mlrd soʻm “Uzbekistan Airports” AJga ssuda;

  • 406 mlrd soʻm “Uzbekistan Airways” AJga ssuda;

  • 40 mlrd soʻm “Birinchi rezinotexnika zavodi“ MChJning birinchi darajali xarajatlarning amalga oshirish uchun ssuda.

Shifoxonalar va karantin majmualarini qurish va jihozlashga 487 mlrd soʻm yoʻnaltirilgan. Ular:

  • 286 mlrd soʻm 10 000 oʻrinli maxsus shifoxonalar qurish uchun;

  • 182 mlrd soʻm 20 000 oʻrinli aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasini qurish uchun;

  • 10 mlrd soʻm diagnostika laboratoriyasi majmuasini rekonstruksiya qilish uchun;

  • 9 mlrd soʻm tibbiy jihoz va inventarlar, dori-darmon, dezinfeksiya ishlari va tibbiy buyumlar uchun.

Suv taʼminoti va irrigatsiya tadbirlari bilan bogʻliq xarajatlar uchun 504 mlrd yoʻnaltirilgan. Ular:

  • 246 mlrd soʻm irrigatsiya obʼyektlarini qurish va rekonstruksiyasi uchun;

  • 61 mlrd soʻm “Hududiy suv taʼminoti“ MChJga ssuda mablagʻlari;

  • 57 mlrd soʻm Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Inshoot“ qurilishi obʼyektiga;

  • 53 mlrd soʻm Davlat ekologiya qoʻmitasiga ssuda mablagʻlari;

  • 39 mlrd soʻm Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga ichimlik suv taʼminoti va oqova suv chiqarish tizimlarini qurilishiga;

  • 14 mlrd soʻm Suv xoʻjaligi vazirligiga – Jizzax viloyatidagi irrigatsiya tadbirlari uchun;

  • 10 mlrd soʻm Orolni qutqarish jamgʻarmasiga irrigatsiya tadbirlari uchun;

  • 16 mlrd soʻm 20 000 oʻrinli aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi suv taʼminoti uchun;

  • 8 mlrd soʻm 10 000 oʻrinli maxsus shifoxonalar suv taʼminoti uchun.

Fotogalereya 7

  • Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining xarajatlari qayerga va qanday sarf qilinyapti? — 1-surat, jami 7 ta
  • Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining xarajatlari qayerga va qanday sarf qilinyapti? — 2-surat, jami 7 ta
  • Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining xarajatlari qayerga va qanday sarf qilinyapti? — 3-surat, jami 7 ta
  • Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining xarajatlari qayerga va qanday sarf qilinyapti? — 4-surat, jami 7 ta
  • Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining xarajatlari qayerga va qanday sarf qilinyapti? — 5-surat, jami 7 ta
  • Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining xarajatlari qayerga va qanday sarf qilinyapti? — 6-surat, jami 7 ta
  • Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining xarajatlari qayerga va qanday sarf qilinyapti? — 7-surat, jami 7 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ