Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi mablagʻlarining sarflanishi boʻyicha maʼlumot berildi (+Infografika)
Inqirozga qarshi jamgʻarmadan 18 avgustga qadar 8 448,7 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan boʻlib, shundan 6 753,5 mlrd. soʻmi tegishli tashkilotlar tomonidan oʻzlashtirilgan.

Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan davlat xaridlari boʻyicha batafsil maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Hisobotlardan kimga qancha mablagʻ ajratilgani, davlat xaridlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar, yetkazib beruvchilarning benefitsiarlari kabi axborotlar oʻrin olgan.
Shu maqsadda Moliya vazirligi saytida interaktiv sahifa ochilgan. Ayni paytdagi maʼlumotlar 18 avgust holatiga keltirilgan boʻlib, sahifa har haftada yangilab borilishi maʼlum qilindi.
Ushbu maʼlumotlarning ochiqlanishi endilikda keng jamoatchilikka mustaqil surishtiruvlar oʻtkazish imkonini beradi.
18 avgust holatiga koʻra, jamgʻarmadan 8 448,7 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan boʻlib, shundan 6 753,5 mlrd. soʻmi tegishli tashkilotlar tomonidan oʻzlashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Inqirozga qarshi jamgʻarmaga 10 trillion soʻm yoʻnaltirilgan boʻlib, u uchta xalqaro tashkilotdan olingan qarzlar hisobiga shakllantirilgan: 41,9 foiz – Osiyo taraqqiyot banki, 37,9 foiz – Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, 20,2 foiz – Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablagʻlardir.
Fotogalereya 9
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda










