| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi510 marta oʻqildi

Innovatsion rivojlanish vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Olimjon Toʻychiyev Innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Innovatsion rivojlanish vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 12 noyabrdagi qarori bilan Olimjon Alijonovich Toʻychiyev Innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O.A. Toʻychiyev Innovatsion rivojlanish vazirligida boshqarma boshligʻi va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Olimjon Alijonovich Toʻychiyev 1991 yil Toshkent viloyati Bekobod shahrida tugʻilgan. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2015 yil mashinasozlik muhandisi mutaxassisligi boʻyicha bakalavr darajasi va 2017 yili Mexatronika yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasiga ega boʻlgan. O.Toʻychiyev 2016—2017 yillarda Germaniyaning Xoxenxaym universitetida ham tahsil olgan.

Shuningdek, O. Toʻychiyev 2013 yil ovoz orqali masofadan boshqarilib, turli topshiriqlarni bajaradigan, oʻzbek tilini tushunadigan birinchi robotni yaratib, fan va texnika sohasida, ayniqsa, robototexnika sohasini yoshlar oʻrtasida keng koʻlamda ommalashtirish yoʻlida qoʻshgan hissasi uchun «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

2017 yil Olimjon Toʻychiyev «Kamolot» YoIH qurultoyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari etib tayinlangan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ