Inflyatsiya darajasi sentyabr oyida Oʻzbekistonda 1,4 % tashkil etdi
Soʻngi bir oyda oziq-ovqat mahsulotlari oʻrtacha 2,2%, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,0%, va aholiga pullik xizmatlar tarifi oyiga oʻrtacha 0,5% ga oshdi.

Joriy yilning sentyabr oyida isteʼmol narxlari indeksi (INI) boʻyicha inflyatsiya darajasi 1,4% ni tashkil etdi va yanvar-sentyabr davrida INI oʻsishi 6,3% ga etdi, (Rasm 1 va 2).
Rasm 1. Oylik inflyatsiya darajasi 2019-2020 yy.

Rasm 2. Yillik inflyatsiya (INI) 2019-2020 yy.

Joriy yilning sentyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari oʻrtacha 2,2% ga qimmatlashdi, bu inflyatsiya darajasining 0,92 foiz punkt (keyingi oʻrinlarda – f.p.) oʻsishiga olib keldi, yoki INI oʻsishiga hissasi 66%.
Rasm 3. INI oʻsishiga ayrim mahsulot guruxlarining hissasi

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi oʻsishishining asosiy omili goʻsht va yogʻ mahsulotlari, non mahsulotlari, tuxum narxlarining oʻsishi, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarining mavsumiy narxlari oʻsishi sabab boʻldi.
Xususan:
-bir oyda goʻsht, parranda goʻshti va baliq 3,8% ga oʻsdi (salmogʻi 0,39 f.p.). Qoʻy goʻshti 5,7% ga, mol goʻshti 5,0% - 5,4% oraligʻida, maydalangan goʻsht 4,2% ga, kolbasa 1,8-1,9% oraligʻida, baliq va undan tayyorlangan konservalar oʻrtacha 0,5% ga, tovuq oyoqlari 0,3%ga qimmatlashdi. Aksincha, boshqa parranda goʻshtlari, 0,3% ga arzonlashdi;
- meva, sabzavot va kartoshka oyiga oʻrtacha 3,0% ga qimmatlashdi (salmogʻi 0,23 f.p.). Anor (15,5%), shaftoli (14,2%), karam (14,1%), banan (14,0%), mandarin va apelsin narxlari (13,9% va 10,9%), shuningdek bodring (9,4%) va sabzi (8,1%) boshqa mahsulotlar narxlariga qaraganda sezilarli darajada qimmatlashdi. Pomidor (-6,4%), bulgʻor qalampiri (-6,3%), limon (-6,1%) va olma (-1,4%) narxlarining mavsumiy pasayishi cheklovchi omil boʻldi;
-non mahsulotlari (shu jumladan, donli va dukkakli ekinlar) oʻrtacha narxi 1,2% (salmogʻi 0,08 f.p.) oshdi, shu jumladan guruch va guruch yormasi oʻrtacha 3,2%, noʻxat - 2,8%, birinchi nav unidan non - 0,9% ga, bugʻdoy uni - 1,0% ga, makaron va makaron mahsulotlari 0,8 dan 1,2% gacha oshdi;
-yogʻ va moy mahsulotlari 2,3% ga qimmatlashdi (salmogʻi 0,07 f.p.), shu jumladan paxta va kungaboqar yogʻi - mos ravishda 3,0% va 2,4% ga, sariyogʻ1,6% ga oshdi;
-tuxum narxi bir oy ichida 6,5% oshdi va bu koʻrsatkichning 0,06 foiz punktiga oʻsishini taʼminladi.
Nooziq-ovqat mahsulotlari bir oy davomida 1,0 % oʻsdi, bu esa isteʼmol tovarlari inflyatsiyaning 0,36 foiz punktiga oʻsishiga olib keldi.

Ushbu guruh tovarlari orasida umumiy koʻrsatkichning oʻsishiga eng katta hissa qoʻshgan tovarlarga avtomobillar uchun yoqilgʻi narxlarining koʻtarilishi (narxlarning 3,4 %ga oʻsishi, salmogʻi 0,08 f.p., shu jumladan propan - 22,9 % va 0,08 f.p.), kiyim-kechak (1,1% va 0,09 f.p.), dorilar (1,4% va 0,04 f.p.), poyabzal (0,9% va 0,02 f.p.).
Sement narxining 3,7% ga pasayishi kuzatildi (salmogʻi -0,02 f.p.).
Aholiga pullik xizmat koʻrsatishning oylik tariflari oʻrtacha 0,5%ga oʻsdi va inflyatsiyaning 0,11 f.p. qoʻshimcha oʻsishini taʼminladi.

Pullik xizmatlar sohasidagi tariflar oʻsishining asosiy omili shaxsiy xizmatlar va yoʻlovchilar transporti xizmatlari narxining oshishi boʻldi.
Bozor konyunkturasi hamda tadbirkorlarning koʻrsatilgan xizmatlar xarajatlari negizida shakllanadigan maishiy xizmatlar tariflari oyiga oʻrtacha 1,5%ga qimmatlashdi (salmogʻi 0,07 f.p.).
Joriy yilning sentyabr oyida yoʻlovchilarni tashish xizmatining narxi oʻrtacha 1,6% ga (salmogʻi 0,05 f.p.) oshdi. Koʻp viloyatlarda taksi xizmatlari hamda shaharlararo avtobuslarda tashish xizmatlari uchun toʻlovlarning oshishi ushbu xizmatlar narxining respublikada mos ravishda oʻrtacha 3,3% va 3,9% ga oʻsishiga olib keladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

