| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi667 marta oʻqildi

Imtiyozli kreditlar bekor qilinishi kutilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Imtiyozli kreditlar bekor qilinishi kutilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov mavzu yuzasidan maʼlumot berib oʻtdi.

«Kelasi yil iqtisodga ajratadigan kreditlarni YaIM nominal oʻsish darajasida boʻlishini moʻljallamoqdamiz.

Imtiyozli kreditlar tartibi oʻzgaradi. Bunga qadar jurnalistlar aynan shu tizimni koʻp bora tanqid qilgan edilar. Mana, oʻsha kunlarga yetib keldik, imtiyozli kreditlar tartibga solinadi.

2020 yildan boshlab YaIMdan past darajada kredit berish tartibi bekor qilinadi. Foiz stavkasi 16 foiz boʻlishi kelishib olindi. 2020 yildan boshlab barcha iqtisodga ajratilayotgan kreditlar bozor talablaridan kelib chiqib beriladi. Ijtimoiy yoʻnalishdagi kreditlarga esa manzilli asosda, dotatsiya sifatida mablagʻ ajratishga erishamiz. Bu orqali pul bozoridagi holatimizni bozor prinsiplari asosida tashkil qilishga erishamiz.

Imtiyozli kreditlar har doim kreditga boʻlgan talabni noreal tarzda oʻsishiga olib kelgan. Bu orqali biz mana shu oʻsishni pasaytirib, samarali foydalanish imkoniga erishmoqchimiz. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, kelasi yildan eʼtiboran iqtisodiy samarador boʻlgan loyihalar muntazam moliyalashtirib boriladi», — deb aytib oʻtdi Markaziy bank boshqaruvi raisi.

Manba: xabar.uz

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ