Import qilinadigan un va osh tuzi boyitilgan boʻlishi kerak
Talab 2020 yil 1 apreldan amal qilishni boshlaydi. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 noyabrdagi 260-son qaroriga tegishli qoʻshimcha kiritildi.

Talab 2020 yil 1 apreldan amal qilishni boshlaydi. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 noyabrdagi 260-son qaroriga tegishli qoʻshimcha kiritildi (25.12.2019 yildagi 1035-son VMQga qarang).
Koʻrsatilgan sanadan boshlab Oʻzbekistonga I nav bugʻdoy uni va osh tuzini faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda import qilish mumkin boʻladi.
Hozirgi kunda mikronutriyentlar bilan boyitilgan bugʻdoy unining darajasi ishlab chiqariladigan va import qilinadigan barcha navdagi unning 30%ini tashkil qilayotganligi shunday qaror qabul qilinishini taqozo etdi. Mikronutriyentlar bilan boyitilgan unni aholining 56%i isteʼmol qiladi, temir yetishmasligi anemiyasi profilaktikasini taʼminlash uchun aholining 90%ini qamrab olish darkor.
Eslatib oʻtamiz, 2011 yil 1 yanvardan boshlab mamlakat ichida I nav bugʻdoy uni va osh tuzi faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda ishlab chiqariladi va sotiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

