| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi85 marta oʻqildi

“Humo” va “Uzcard” toʻlov tizimlari integratsiyalashtiriladi

“Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

“Humo” va “Uzcard” toʻlov tizimlari integratsiyalashtiriladi

“Oʻzbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Jumladan:

  • aholi uchun isteʼmol kreditlari ajratish tartibi yanada soddalashtiriladi va takomillashtiriladi;

  • barcha kadastr hujjatlari raqamlashtiriladi;

  • “Humo” va “Uzcard” toʻlov tizimlarini integratsiyalashtiriladi;

  • "QR" kod orqali amalga oshiriladigan toʻlovlarning ommabopligi oshiriladi va koʻlami kengaytiriladi;

  • moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi muqobil tashkilotlar rivojlantiriladi, “Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ