| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Huawei Oʻzbekistonga soliq toʻlaydi

Yandex, Google, Facebook, Netflix, Samsung, Apple, Booking.com va boshqa shu kabi kompaniyalar Oʻzbekistonda soliq hisobini yuritayotgan edi. 1 iyundan boshlab bular qatoriga Huawei kompaniyasi ham qoʻshildi.

Huawei Oʻzbekistonga soliq toʻlaydi

Xitoyda roʻyxatga olingan Huawei Services (Hong Kong) Co., Limited kompaniyasi 1 iyundan boshlab Oʻzbekistonda soliq roʻyxatiga olingan. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Avvalroq Yandex, Google, Facebook, Netflix, Samsung, Apple, Booking.com va boshqa shu kabi kompaniyalar Oʻzbekistonda soliq hisobini yuritgani haqida xabar berilgan edi.

Facebook Oʻzbekistonga soliq toʻlaydi

2020 yil boshidan boshlab Oʻzbekistonda elektron shakldagi xizmatlar va tovarlarni sotadigan xorijiy yuridik shaxslar soliq toʻlovchilar sifatida tan olingan edi. Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga elektron xizmatlarni taqdim etuvchi xorijiy yuridik shaxslar uchun QQS boʻyicha idorani tashkil etdi. Bu esa kompaniyalarga qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻlovchilari sifatida roʻyxatdan oʻtish va soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash imkonini beradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ