| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi130 marta oʻqildi

Hindiston kompaniyasi Oʻzbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istagini bildirdi

Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi "UNO MINDA" kompaniyasi raisi va boshqaruvchi direktori Nirmal Minda bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Hindiston kompaniyasi Oʻzbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istagini bildirdi

9 iyul kuni Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi "UNO MINDA" kompaniyasi raisi va boshqaruvchi direktori Nirmal Minda bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda elchixona axborot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar chogʻida mazkur kompaniya Oʻzbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish, kelajakda esa boshqa ehtiyot qismlarni (klakson va dinamik) ham ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish istagini bildirdi.

Maʼlumot uchun, "UNO MINDA" 1958 yilda tashkil etilgan boʻlib, avtomobillar, ikki va uch gʻildirakli transport vositalari uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya Hindiston, Indoneziya, Vetnam, Ispaniya, Marokash, Meksika va Kolumbiyada 62 ta ishlab chiqarish obʼyektlariga ega.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ