| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi71 marta oʻqildi

Germaniyalik ishbilarmonlar noqulay tashqi omillarga qaramay, oʻz bizneslarini Oʻzbekistonda davom ettirmoqchi

Germaniyalik ishbilarmonlar virus tarqalishidan kelib chiqqan noqulay tashqi omillarga qaramay, oʻz bizneslarini Oʻzbekistonda davom ettirish va rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi. 2020 yil uchun belgilangan 1,1 milliard yevro miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri Germaniya investitsiyalarini toʻliq oʻzlashtirishga kelishib olindi.

Germaniyalik ishbilarmonlar noqulay tashqi omillarga qaramay, oʻz bizneslarini Oʻzbekistonda davom ettirmoqchi

Germaniyaning 30 ta yirik kompaniya va banklari – «Tissen Krupp», «Metro», «MAN», «Takraf», «Klaas», «Papenburg», «Falk Porshe Teknik», «Klaas», «Knauf», «Doyche bank», «Kommersbank», «Landesbank» va boshka bir qator korxona rahbarlari ishtirokida videokonferensiya muloqoti oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Videokonferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan Bosh vazir oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov, germaniyalik hamkorlarga “Mangold Konsalting” kompaniyasi boshqaruv raisi K.Mangold rahbarlik qildi.

Muzokaralarda S.Umurzoqov mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqirozning salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan, investitsiya loyihalari tashabbuskorlari va eksportyorlarni maqsadli qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Oʻz navbatida, germaniyalik ishbilarmonlar virus tarqalishidan kelib chiqqan noqulay tashqi omillarga qaramay, oʻz bizneslarini Oʻzbekistonda davom ettirish va rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi. Xususan, bugungi kunda «Kommersbank» va «Landesbank» kabi Germaniya moliya institutlari bilan hamkorlik faol olib borilmoqda.

Muloqot chogʻida 2020 yil uchun belgilangan 1,1 milliard yevro miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri Germaniya investitsiyalarini toʻliq oʻzlashtirish, Oʻzbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi germaniyalik ishbilarmonlar bilan yaqin hamkorlik mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ