Fuqarolarning bank hisobvaraqlari va bank kartalariga taqiq qoʻyilishi toʻxtatilmoqda
27 noyabrdan kommunal xizmatlar boʻyicha majburiy toʻlovlar uchun qarzdor isteʼmolchilarning bank kartalariga xizmat koʻrsatiladigan bank hisobraqamlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish va taqiq qoʻyish bekor boʻladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xabarnomasida maʼlum qilingan.

«Fuqarolardan, ularning bank depozit hisobvaraqlaridagi (shu jumladan bank kartalaridagi) mablagʻlar Majburiy ijro byurosining talabnomalariga asosan xatlanganligi yuzasidan shikoyat va eʼtirozlar kelib tushishi holatlari oshganligi sababli, hozirgi paytda fuqarolarning hisobvaraqlariga taqiq qoʻyish tartibi qayta koʻrib chiqilmoqda.
Bank xizmatlari isteʼmolchilarining omonatlari va jamgʻarmalariga nisbatan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan noqonuniy va notoʻgʻri harakatlardan himoya qilinishini taʼminlash maqsadida, fuqarolarning bank hisobvaraqlariga va bank kartalariga taqiq qoʻyilishi toʻxtatilmoqda.
Shunga koʻra, Majburiy ijro byurosining barcha hududiy boshqarmalari hamda tijorat banklari mazkur qaror haqida, shuningdek Byuro tomonidan jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga nisbatan qoʻyilgan barcha talabnomalarni ijrosiz qaytarish yuzasidan xabardor etildi», deyiladi Markaziy bank xabarida.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda