Forbes Oʻzbekistonda ham nashr etiladi
Qozogʻistonlik tadbirkor, Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia noshiri Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan jurnali chop etilishini maʼlum qildi. Ilk sonning mart oyida nashr etilishi kutilmoqda.

Taniqli qozogʻistonlik ishbilarmon, Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia noshiri Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan jurnalini chop etish huquqini qoʻlga kiritgani haqida maʼlum qildi.
Forbes Kazakhstan jurnaliga bergan intervyusida jurnalning birinchi sonini kelgusi yilning mart oyida chop etish rejalashtirilganini maʼlum qildi. Ishbilarmonning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda nashrning ochilishi juda dolzarb, chunki mamlakat bugungi kunda biznes yuritish nuqtai nazaridan juda istiqbolli hisoblanadi.
«Hozirda qoʻshni mamlakatda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar, Oʻzbekiston rahbariyatining dunyo biznesiga berayotgan vaʼdalari katta qiziqish uygʻotmoqda. Tadbirkorlar mamlakatning ochilishi hamda soʻnggi oylardagi kabi jadal rivojlanishiga eʼtibor qaratmoqdalar», — dedi Armanjan Baytasov.
Nashr tahririyati Toshkentda joylashadi. Oʻquvchilar uchun sayt va jurnal faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bosma nashr hozircha rus tilida chop etiladi, sayt esa rus va oʻzbek tillarida faoliyat koʻrsatadi.
Armanjan Baytasov Oʻzbekistonda Forbes Club ishbilarmonlik maydonchasi ham ochilishini qoʻshimcha qildi.
Manba: gazeta.uz
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

