| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi599 marta oʻqildi

“Folksvagen” avtomobillari Oʻzbekiston bozoriga qachondan kirib kelishi maʼlum boʻldi

“Folksvagen” yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish toʻgʻrisida Prezident qarori imzolandi

“Folksvagen” avtomobillari Oʻzbekiston bozoriga qachondan kirib kelishi maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida “Folksvagen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi qarori imzolandi.

Iyul oyidan Volkswagen avtomobillari Oʻzbekiston bozorida ham sotiladi

Birinchi bosqichda:

  • 2020-2021 yillarda Bozorni oʻrganish hamda marketing tahlilini oʻtkazish maqsadida “Folksvagen” va “Shkoda” modelidagi tayyor avtomobillarni ichki bozorga yetkazib berish;

  • Yirik uzelli avtomobillarni yigʻish boʻyicha “Jizzax avtomobil zavodi” MChJ xodimlarini oʻqitish;

  • “Folksvagen” keddi modelini yirik uzelli yigʻishni tashkil etish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berish;

  • Mamlakat boʻylab dilerlik tarmogʻi va servis stansiyalarini tashkil etish nazarda tutilgan.

Ikkinchi bosqichda 2020 yildan boshlab yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellarini ishlab chiqarishning toʻliq sikli oʻzlashtiriladi.

2020 yil iyul oyidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahrida “Yevro-5” standarti talablariga javob beradigan 40 dan ziyod AYoQSh faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Maʼlumot uchun, 2019 yilda Oʻzbekistonda yengil tijorat avtomobillari importi 132 mln AQSh dollari, yaʼni jami avtomobillar importining 33 % ni tashkil qilgan.

Germaniyaning “Volkswagen group” avtomobilsozlik konserni 31 ta mamlakatda 122 ta zavodiga ega. 2019 yilda 11 mln avtomobilni savdoga chiqargan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ