| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi51 marta oʻqildi

Fargʻonada yetishtirilgan shaftolilar qaysi davlatlarga eksport qilindi?

Joriy yilda 47,7 ming tonna shaftoli mevasi xorijga eksport qilindi. Eksport qilingan jami shaftolining 16,7 ming tonnasi Fargʻona viloyati hissasiga toʻgʻri kelgan.

Fargʻonada yetishtirilgan shaftolilar qaysi davlatlarga eksport qilindi?

Oʻzbekiston 47,7 ming tonna shaftoli mevasini 9 ta xorijiy davlatlarga eksport qildi.

Oʻzbekiston 7 oyda 21,5 ming tonnadan ziyod uzum eksport qildi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 1 avgust holatiga qiymati 36,3 million AQSh dollariga teng boʻlgan 47,7 ming tonna shaftoli mevasi xorijga eksport qilindi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 22 ming tonnaga koʻp.

Eksport qilingan jami shaftolining 34, 9 foizi yaʼni, 16,7 ming tonnasi Fargʻona viloyati hissasiga toʻgʻri kelgan. Bu borada Namangan 8,2 ming tonna, Toshkent 7,5 ming tonna va Xorazm viloyati 5,5 ming tonna mahsulot eksporti bilan keyingi oʻrinlarni egallagan.

Maʼlumot oʻrnida, Rossiya Federatsiyasiga 22,1 ming tonna va Qozogʻistonga 20,6 ming tonna shaftoli mevasi eksport qilingan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ