| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi623 marta oʻqildi

YeOIIga kirish yoʻlida milliy manfaatlarni himoyalash va xavfsizlikni taʼminlash yoʻllari

Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotning shakllanishi va uning rivojlanish istiqbollari ustuvor darajada jahon hoʻjaligi tizimiga kirib borishiga bogʻliqdir. Hozirgi davrda Oʻzbekistonni mustaqil davlat sifatida xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ham faol ishtirok etmoqda.

YeOIIga kirish yoʻlida milliy manfaatlarni himoyalash va xavfsizlikni taʼminlash yoʻllari

Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotning shakllanishi va uning rivojlanish istiqbollari ustuvor darajada jahon hoʻjaligi tizimiga kirib borishiga bogʻliqdir. Hozirgi davrda Oʻzbekistonni mustaqil davlat sifatida xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ham faol ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston YeOIIga aʼzo boʻlishi natijasida dunyoda maydoni boʻyicha birinchi oʻrinda, YaIM hajmi boʻyicha oʻninchi oʻrinda boʻlgan iqtisodiy makonga chiqish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Bugungi kunda mazkur tashkilot bilan dunyoning koʻplab mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik qilishga intilmoqdalar. Bunga sabab YeOII iqtisodiy tashkilot maqomiga ega boʻlib, unga aʼzo mamlakatlar mustaqilligiga, suverenitetiga hech qanday taʼsir etmaydi, unda hech qanday siyosiy tavsifdagi forum va yigʻilishlar oʻtkazilmaydi.

Oʻzbekistonning YeOII ga aʼzo mamlakatlar bilan tashqi savdosi uning umumiy hajmining 70 foizini tashkil etadi. Bu mamlakatlarda, ayniqsa Rossiya va Qozogʻiston, Qirgʻizistonda 3 milliondan ziyod fuqarolarimiz mehnat qilmoqdalar. Shuningdek, mamlakatimizga kelayotgan turistlarning 70 foizini mazkur ittifoq mamlakatlarining fuqarolari tashkil etadi.

Ilm-fan va taʼlim sohasida oʻzaro hamkorlik davom etmoqda. Jumladan bugungi kunlarda Rossiya Federatsiyasida 25 mingdan ortiq, Qozogʻistonda 3,7 ming, Qirgʻizistonda 1,8 ming, Belarusda 200 nafardan ortiq yoshlarimiz tahsil olmoqdalar. Mamlakatimizda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, V.G. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti kabi bir qancha nufuzli oliygohlarning filiallari faoliyat yuritmoqdalar.

Shuningdek, keyingi yillarda respublikamizdagi bir necha oliygohlarda Rossiya oliygohlari bilan hamkorlikda qoʻshma fakultetlar tashkil etilgan. Shulardan kelib chiqib, mazkur ittifoqqa aʼzo boʻlib kirish Oʻzbekiston uchun manfaatli hisoblanadi.

Oʻzbekistonning milliy manfaatlari va iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash asosida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻlishida quyidagilarga erishish maqsadga muvofiqdir:

  • YeOIIning boshqa aʼzolari bilan savdo qilishda mumkin qadar qulay rejimiga ega mamlakat maqomini olish;

  • tarif va notarif toʻsiqlarning bekor qilinishi natijasida tashqi bozorga, eng avvalo rivojlangan mamlakatlar bozoriga kirish imkoniyatlarining kengayishi (ayniqsa, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, teri, toʻqimachilik mahsulotlari, kimyo va sanoat mahsulotlariga nisbatan);

  • savdo munosabatlarida diskriminatsiyalarga yoʻl qoʻymaslik, oʻzbek eksporterlari manfaatlarini himoya qilish, buning natijasida mamlakat eksporti uchun qulay rejimning barpo boʻlishiga imkon yaratish;

  • xorijiy sarmoyadorlarning ishonchini mustaxkamlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarning oqimining koʻpayishi uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, xalqaro kapital bozorida munosib oʻrin egallashga intilish;

  • yuklarni YeOIIga aʼzo davlatlar hududi orqali erkin tranzit qilish huquqidan samarali foydalanish;

  • standartlashtirish va sertifikatsiyalash tizimini takomillashtirish asosida savdoda notarif cheklovlardan, shu bilan birga ichki bozorni himoya qilish boʻyicha sanitar va fitosanitar chora-tadbirlardan kompensatsion mexanizmlar sifatida keng qamrovli foydalanish;

  • savdo sheriklari bilan yuzaga keladigan tushunmovchilik va bahslarni xalqaro iqtisodiy qonunchilik, YeOII tomonidan belgilangan mexanizmlar va qoidalar yordamida hal qilish hamda tashqi iqtisodiy siyosat hamda hukumatlar va ishtirokchi mamlakatlarning maqsadlari boʻyicha tezkor maʼlumotlarga ega boʻlish.

Hasan Abulqosimov, professor,
iqtisodiyot fanlari doktori

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ