Eng qimmat palov Toshkent shahrida qayd etildi
Davlat statistika qoʻmitasi mamlakatimiz boʻyicha palov narxlarini eʼlon qildi.

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari(Osh markazlari)da kuzatuv oʻtkazildi.
Kuzatuv natijalari boʻyicha, palovning oʻrtacha narxlari quyidagi koʻrinishga ega boʻldi:
(2020 yil iyul oyi uchun, soʻmda)
T/R | Hududlar | 1 porsiya palov narxi | 1 kg. (7 porsiya) palov narxi | Oʻtgan oyga nisbatan foizda |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 13 333 | 93 331 | 100,0 |
viloyatlar: | ||||
2. | Andijon | 14 800 | 103 600 | 100,0 |
3. | Buxoro | 16 333 | 114 331 | 100,0 |
4. | Jizzax | 15 333 | 107 331 | 101,1 |
5. | Qashqadaryo | 16 250 | 113 750 | 100,0 |
6. | Navoiy | 13 000 | 91 000 | 100,0 |
7. | Namangan | 11 571 | 80 997 | 100,0 |
8. | Samarqand | 16 000 | 112 000 | 100,0 |
9. | Surxondaryo | 11 800 | 82 600 | 100,0 |
10. | Sirdaryo | 14 667 | 102 669 | 100,0 |
11. | Toshkent | 14 500 | 101 500 | 101,2 |
12. | Fargʻona | 15 250 | 106 750 | 100,0 |
13. | Xorazm | 14 400 | 100 800 | 101,4 |
14. | Toshkent sh. | 16 600 | 116 200 | 100,0 |
Eng qimmat palov Toshkent shahri, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida sotilmoqda.
“Narxlarni roʻyxatga oluvchi tomonidan kuzatuv oʻtkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar oʻzgarib turadi. Mazkur maʼlumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari(Osh markazlari)dagi palovning oʻrtacha narxlari hisobga olingan boʻlib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan”, deyiladi xabarda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

