Elite World Hotels kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasi binosi negizida 5 yulduzli mehmonxona yaratish taklifini berdi
16 dekabr kuni Istanbulda Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi killari mehmonxona biznesi bilan shugʻullanuvchi Turkiyaning Elite World Hotels kompaniyasi Boshqaruvi kengashi raisi Joʻshqun Elik (Coşkun Elik) bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda Qoʻmita mutaxassislari tomonidan Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan islohotlar, turizm sohasini rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlar va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida maʼlumot berildi. Mutaxassislarimiz kompaniyaga tegishli mehmonxonalarga tashrif buyurib, u yerda koʻrsatiladigan xizmatlar sifati darajasini koʻzdan kechirishdi.
Shuningdek, J.Elik Toshkent shahridagi “Chorsu” mehmonxonasi binosida 5 yulduzli mehmonxona tashkil qilishga qiziqish bildirdi. Mazkur loyihani koʻzdan kechirish va unga investitsiya kiritish masalasida muzokara oʻtkazish uchun kompaniya rahbarining Oʻzbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Uchrashuv yakuniga koʻra, kelgusida oʻzaro hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda