| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Elektron tanlov va tender boʻyicha 6,6 mlrd soʻmlik bitimlar tuzildi

Elektron tanlov va tender boʻyicha eng yirik bitimlar Namangan viloyati (37%) va Toshkent shahri (30%) da tuzilgan. Keyingi oʻrinlarda turgan Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining ulushlari mos tarzda 19% va 8% ni tashkil etdi.

Elektron tanlov va tender boʻyicha 6,6 mlrd soʻmlik bitimlar tuzildi

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining elektron tanlov va tenderlar etender.uzex.uz vebsaytida, mazkur savdo tizimi ishga tushirilganidan buyon 6,6 mlrd soʻmlik 38 ta bitimlar tuzildi. Oʻtkazilgan elektron tanlov va tenderlarda 58 ta davlat buyurtmachilari va 85 ta ishtirokchilar, yaʼni tovar yetkazib beruvchilar ishtirok etishgan. Bu haqda Tovar xom-ashyo birjasi matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat xaridlari boʻyicha tanlov va tenderlarning elektron shaklda oʻtkazilishi natijasida buyurtmachilar tomonidan 488,1 mln soʻmlik mablagʻlar iqtisod qilindi.

Elektron tanlov va tender boʻyicha eng yirik bitimlar Namangan viloyati (37%) va Toshkent shahri (30%) da tuzildi. Keyingi oʻrinlarda turgan Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining ulushlari mos tarzda 19% va 8% ni tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, davlat xaridlari boʻyicha elektron tanlov va tenderining etender.uzex.uz savdo tizimi tanlov va tenderlarning shaffofligi va samaradorligini oshirish maqsadida davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalining operatori – Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan joriy yilning may oyida ishga tushirilgan.

Tovar yetkazib beruvchilar elektron tanlov va tenderlarda ishtirok etishlari uchun etender.uzex.uz vebsaytda onlayn-roʻyxatdan oʻtish va avans toʻlovlarini kiritishlari lozim.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ