Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi174 marta oʻqildi
Eksportchilar uchun muhim yangilik: Fargʻonada «mini eksport bozori» tashkil etildi
“Mini eksport bozori"da eksportyor, broker hamda bevosita dehqonning oʻzi ham ishtirok etadi. Yaʼni bogʻbon ham bu bozor orqali chet ellik xaridorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi ishlarini amalga oshirishi mumkin.
«Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasi» hamda mahalliy tadbirkorlar koʻmagida Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida «mini eksport bozori» tashkil etildi. U yerda qishloq xoʻjaligi va meva sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.
«Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasi» matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, eksportchi yoki brokerlar endilikda kunlab vaqt sarflamay kerakli miqdordagi mahsulotlarni bir necha soat mobaynida shu yerning oʻzida yigʻib olishi mumkin. 3 gektarlik hududda eksportyor, broker hamda bevosita dehqonning oʻzi ham ishtirok etadi. Yaʼni bogʻbon ham bu bozor orqali chet ellik xaridorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi ishlarini amalga oshirishi mumkin.
Mazkur bozorda 100 kg dan cheklanmagan miqdorgacha tovar eksport qilish mumkin. Hozirda ushbu platforma xaridorlari Rossiya, Oʻrta Osiyo Xitoy va MDH davlatlaridir. Eksport bozori har kuni soat 19:00 dan 01:00 ga qadar ishlaydi.
Yana bir yangilik, tez kunlarda uyushma Qoʻqon shahrida ham tekstil mahsulotlari eksporti bozorini ochishi kutilmoqda. Eksportyorlarga yengillik yaratish maqsadida, logistika aynan ushbu savdo hududining oʻzidan chetga chiqib ketishiga moslashtirilmoqda. Yaʼni, maxsus terminal joriy qilinib bojxona xizmatlari ham shu yerning oʻzida koʻrsatilishi rejalashtirilgan.