| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi88 marta oʻqildi

EIga tashrif: Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati boʻyicha taqdimoti, ilmiy doiralardagi uchrashuvlar, JST va YeOII bilan hamkorlik

Oʻzbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi (YeI) poytaxtida ishchi safari bilan boʻlib turibdi. Safar chogʻida Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati, YeOII bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

EIga tashrif: Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati boʻyicha taqdimoti, ilmiy doiralardagi uchrashuvlar, JST va YeOII bilan hamkorlik

Joriy yilning 18-23 fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi (YeI) poytaxtida ishchi safari bilan boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining direktori O. Hakimov, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha menejeri O. Olimjonov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori G. Ismoilovalar ishtirok etishdi.

Joriy yilning 19 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov, mamlakatimizning Niderlandiyadagi elchisi Dilyor Hakimovdan iborat hukumat delegatsiyasi Rotterdamdagi gollandiyalik – turk biznesi vakillari uchun Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati taqdimotini boshladi.

Tadbir oʻrta kichik biznes uyushmasi (MUSIAD) va Oʻzbek-Niderland doʻstlik jamiyati (UzNed) koʻmagida tashkil etildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyihasi menejeri Odil Olimjonov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori Gulnoza Ismoilovadan iborat hukumat delegatsiyasi Niderlandiyadagi Amersfoort yodgorlik qabristoniga tashrif buyurdi.

Niderlandiyalik yetakchi tarixchi Remko Reyding bilan boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida delegatsiya aʼzolari oʻzbek xalqi nomidan bu olim va doʻstining amalga oshirayotgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Tashrif davomida bedarak yoʻqolgan oʻzbek askarlariga hurmat bajo keltirildi va musulmonlarning duolari oʻqildi.

"101 nafar oʻzbek askarlari qabrini ziyorad qildik. Bitta gollandiyalik fuqaro butun ishlarini tashlab, 20 yildan oshiq umrini shularni aniqlashga sarflabdi. Taqsinga loyiq ish", deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.

***

Shu kuni Gaaga (Niderlandiya)dagi "Newspoort" xalqaro press-klubida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori Gulnoza Ismailovalardan iborat hukumat delegatsiyasi Oʻzbekistonni iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida kengaytirilgan intervyu berishdi.

Eslatib oʻtamiz, tashrif doirasida joriy yilning 18 fevral kuni Bryusseldagi (Belgiya) Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasida "Oʻzbekiston tashqi siyosati: global va mintaqaviy savdo-iqtisodiy tashkilotlar (Jahon savdo va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti) bilan hamkorlikni chuqurlashtirishning manfaatlari, prinsiplari va kutilayotgan natijalari" mavzusida taqdimot boʻlib oʻtdi.

O. Hakimov yigʻilganlarni mamlakatimizning xalqaro maydondagi manfaatlarini ilgari surishda erishgan yutuqlari va ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, Prezidentning Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida Hukumat oldida turgan vazifalar haqida maʼlumot berdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati boʻlimi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ