| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

«E-CARD» elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi

Mazkur elektron pullar tizimining emitenti - «Universalbank» xususiy aksiyadorlik tijorat banki hisoblanadi.

«E-CARD» elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi

“Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari” talablariga muvofiq, toʻlov tashkiloti litsenziyasiga ega boʻlgan «Inspired» MChJ «E-CARD» elektron pullar tizimining operatori sifatida oʻz faoliyatini boshladi.

Mazkur elektron pullar tizimining emitenti - «Universalbank» xususiy aksiyadorlik tijorat banki hisoblanadi.

Elektron pullar tizimi toʻgʻrisidagi maʼlumot joriy yilning 21 avgust kuni Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ