DSQ foyda soligʻi boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan va undirilgan soliqlar sababini maʼlum qildi
Davlat soliq qoʻmitasi soʻnggi kunlarda foyda soligʻi boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan va undirilgan soliqlar yuzasidan soliq toʻlovchilar yoʻllagan eʼtirozlarini oʻrganib chiqdi.

Davlat soliq qoʻmitasi soʻnggi kunlarda foyda soligʻi boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan va undirilgan soliqlar yuzasidan soliq toʻlovchilar yoʻllagan eʼtirozlarini oʻrganib chiqdi.
Ayrim hududiy davlat soliq inspeksiyalarining mansabdor shaxslari tomonidan tovar aylanmasini yoki foydani kamaytirib koʻrsatishga hech qanday asosi boʻlmagan soliq toʻlovchilarning III chorak foyda soligʻi hisobotiga nisbatan IV chorak uchun kam foyda soligʻi hisoblanganligi toʻgʻrisidagi murojaatnomalar yuborilgan.
Unda soliq toʻlovchilarga aniqlangan tafovutlarni qayta koʻrib chiqib, oʻziga qulay va maʼqul boʻlgan vaqtda oʻzaro muhokama qilish uchun davlat soliq inspeksiyasiga tashrif buyurgan holda tushuntirish berilishi maʼlum qilingan.
Davlat soliq inspeksiyasining murojaatiga tushuntirish bermagan, tafovutga aniqlik kiritmagan ayrim soliq toʻlovchilarga qoʻshimcha soliq hisoblab, undirib olingan.
Soliq kodeksining 164-moddasiga asosan hisobot davri mobaynida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi joriy toʻlovlarni kiritish orqali toʻlanadi va joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan hamda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan foyda soligʻi summasi hisobot davri uchun byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan foyda soligʻi summasiga nisbatan 10 foizdan koʻproq kamaytirilgan taqdirda, haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblanishi nazarda tutilgan.
Bugungi kunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlovchilari soni 44 mingtani tashkil etmoqda va ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 6 barobarga koʻpaydi (2018 yilda 7 mingta boʻlgan). Ular tomonidan foyda soligʻi Soliq kodeksida belgilangan tartibda toʻlab kelinmoqda.
Biroq ayrim soliq toʻlovchilar soliqlardan qochish (yoki kam toʻlash) maqsadida soliq solinadigan foydani sunʼiy ravishda kamaytirib koʻrsatishga urinmoqda.
Misol uchun, “Saroy mulki” korxonasi (korxona nomi oʻzgartirilgan) 2019 yil 9 oyi davomida 43,3 mlrd. soʻm, shundan iyul-sentyabr oylarida 9,6 mlrd. soʻm realizatsiyani amalga oshirgan. 2019 yil III chorak joriy toʻlov (avans) uchun taqdim etgan maʼlumotnomasiga asosan 90,0 mln. soʻm foyda soligʻi hisoblagan.
Korxona tomonidan joriy yil II choragi uchun 799,2 mln. soʻm foyda soligʻi hisoblangan, yaʼni III chorak uchun oʻrtacha 709,2 mln. soʻmga (799,2-90,0) kamaytirib maʼlumotnoma taqdim etilgan.
Agar joriy toʻlov boʻyicha aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim qilinmay, III chorak yakuni boʻyicha oktyabr oyida berilgan hisobotda 709,2 mln. soʻmga qoʻshimcha soliq hisoblansa, ushbu summaning iyul, avgust va sentyabr oylari uchun penya toʻlanishi kerak.
Davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchilardan kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan javobgarlik choralarining oldini olish va penyalardan saqlanish maqsadida hisobotlarni toʻgʻri toʻldirish, xatoliklarni zudlik bilan bartaraf etish hamda soliq toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlab borishni soʻraydi.
DSQ Matbuot xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

