Davstatqoʻm Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi eʼlon qildi
2019 yilning yanvar-oktyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 34,7 mlrd dollarni tashkil etib, 8,8 mlrd dollarga yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 34,4 foizga oshgan.

2019 yilning yanvar-oktyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 34,7 mlrd dollarni tashkil etib, 8,8 mlrd dollarga yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 34,4 foizga oshgan.
Davstatqoʻm xabariga koʻra, ushbu koʻrsatkichdan eksport hajmi 14,8 mlrd dollarga (oʻsish surʼati – 43,3 foiz) va import hajmi esa 19,9 mlrd dollarga (oʻsish surʼati – 28,5 foiz) yetdi. Hisobot davrida 5,1 mlrd dollar qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi.
Oʻzbekiston jahonning 189dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (19,1 foiz), Rossiya Federatsiyasida (15,1 foiz), Qozogʻistonda (8,4 foiz), Koreya Respublikasida (6,5 foiz), Turkiyada (5,9 foiz), Germaniyada (2,4 foiz) va Qirgʻizistonda (2,0 foiz) qayd etilgan.
2019 yil yanvar-oktyabr oylari yakunlariga koʻra MDH mamlakatlari bilan savdo hajmi 11,8 mlrd dollarni tashkil qildi va Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 34,2 foizga yetdi.
Qoʻshni davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi oʻzaro savdo-sotiq aloqalariga ham ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoning qariyb 37,4 foiz, shundan eksportning 42,2 foizi va importning 33,6 foizi qoʻshni mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 65,8 foizga yetib (22,8 mlrd dollar), oʻtgan yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 52,0 foizga oshgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan ikki davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Tojikiston (120,6 mln. AQSh dollari) va Eron (5,7 mln. AQSh dollari). Qolgan 18 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

