Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston fuqarolarining real daromadlari haqida maʼlumot berdi
Aholi daromadlari boʻyicha real oʻsish surʼatlarini hisoblashda, narx omillari taʼsirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyasiya koʻrsatkichlarining asosiy turlaridan biri — isteʼmol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekiston aholisining umumiy daromadlari 176 trillion soʻmni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga oʻrtacha umumiy daromadlar boʻyicha Toshkent shahrida (10,5 million soʻm) hamda Navoiy (8,3 million soʻm), Buxoro (6,4 million soʻm) va Toshkent viloyatlarida (5,5 million soʻm) oʻrtacha respublika darajasidan yuqori koʻrsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.
Eng quyi koʻrsatkich esa Qoraqalpogʻiston Respublikasida (3,8 million soʻm), Namangan (3,9 million soʻm) va Fargʻona (4 million soʻm) viloyatlarida qayd etildi.
Aholi daromadlari boʻyicha real oʻsish surʼatlarini hisoblashda, narx omillari taʼsirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyasiya koʻrsatkichlarining asosiy turlaridan biri — isteʼmol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Isteʼmol narxlarining oʻzgarishi sababli 2019 yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real oʻsishi surʼati 101,5 foizni tashkil etgan.
Taʼkidlanishicha, koronavirus pandemiyasi davrida aholi jon boshiga real daromadlar oʻsishiga sezilarli taʼsir etdi. Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real oʻsishi Navoiy (5,2 foiz) va Jizzax (4,1 foiz) viloyatlarida kuzatildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahri (4,8 foiz) Andijon (1,5 foiz) Qashqadaryo (1,2 foiz), Fargʻona (0,7 foiz) va Sirdaryo (0,6 foiz) viloyatlarida aholi jon boshiga real daromadlarning pasayishi kuzatilgan.
Aholi umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada oʻsishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 69,4 foiz ulushga ega boʻlgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band boʻlishdan olingan daromadlar) va 24,8 foizini tashkil etuvchi transferdan olingan daromadlarning sezilarli oʻzgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

