| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes3 daqiqada oʻqiladi429 marta oʻqildi

Davlat statistika qoʻmitasi: Eng qimmat goʻsht Toshkent shahrida sotilmoqda

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrganib chiqildi. Aholi tomonidan talab kuchaygan mahsulot – kartoshka dehqon bozorlarida 2700 soʻmdan 8000 soʻmgacha sotilmoqda.

Davlat statistika qoʻmitasi: Eng qimmat goʻsht Toshkent shahrida sotilmoqda

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida, 2020 yil 7 aprel kuni oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi koʻrinishga ega boʻldi:

Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 37 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (37 000 soʻm).

Mol goʻshtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (60 000 soʻm).

Qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha (kg)

Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan.

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (75 000 soʻm) kuzatildi.

Kartoshka 2 700 soʻmdan 8 000 soʻmgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga koʻra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (2 700 soʻm).

Maksimal narxi Samarqand shahrining “Siyob “Temiryoʻl dehqon esa, Samarqand dehqon bozori”, bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (8 000 soʻm) qayd etildi.

Piyoz 1 500 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, piyoz mahsulotining minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”da (1 500 soʻm) roʻyxatga olindi.

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy" dehqon bozorida kuzatildi (5 000 soʻm).

Sabzi 1 000 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Andijon shahrining “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Navoiy shahrining “Saxovat” bozori, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va “Termez shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (1 000 soʻm) qayd etilgan.

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (5 000 soʻm) kuzatildi.

Tuxum 5 000 soʻmdan 10 000 soʻmgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da qayd etildi (5 000 soʻm).

Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 soʻm).

Guruch 3 800 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Nukus” navli guruch 3 800 soʻm).

Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻi 8 000 soʻmdan 14 000 soʻmgacha (litr)

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 8 000 soʻm) kuzatildi.

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 14 000 soʻm) kuzatildi.

Shakar 5 500 soʻmdan 6 500 soʻmgacha (kg

)Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 500 soʻm) qayd etildi.

Maksimal narxi esa, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq- ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (6 500 soʻm) kuzatildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ